Маshg`ulot bosqichlari.
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti
|
1-bosqich Tashkiliy qism
|
Salomlashuv. Sinf tayyorgarligi va davomatni aniqlash, mashg`ulotning borishi haqіda tushuncha berish.
|
Og`zaki
muloqot
|
5 daqiqa
|
2-bosqich
|
O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash.
|
Savol javob
|
20 daqiqa
|
3-bosqich
Mavzu bayoni
|
O’qituvchining mavzuning asosiy haqida ma’lumotlar mazmuni to`g`risidagi ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish
|
“Aqliy hujum”, og’zaki bayon, tushuntirish,
savol-javob, matn bilan ishlash, slaydlar namoyishi.
|
30
daqiqa
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlari, tushunchalarini amaliy mashg’ulot orqali aniqlash
|
Mustaqil ishlash
|
30 daqiqa
|
5-bosqich
Mashg`ulot yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq
|
Darsda faol qatnashgan o`quuvchilarni rag`batlantirish, mashg`ulotni yakunlash, mustaql ish uchun topshiriq berish
|
O`quvchilarni rag`batlantirish
|
5 daqiqa
|
O’tilgan mavzuni takrorlash:
Quyidagi savollar beriladi:
I-guruhga
1.Yorug'likning qanday manbalarini bilasiz?
2. Nima uchun havo bulut bo'lganda buyumlarning soyasi hosil bo'lmaydi?
II-guruhga
1. Agar devorga biror buyumning soyasi tushirilsa, bu soyaning o'lchami nimaga bog'liq bo'ladi?
2.Sovuq holda nur chiqaradigan manbalar bormi?
III-guruhga
Yorug'lik ta'sirida ishlaydigan уana qanday qurilmalarni bilasiz?
Yorug'likning to'g'ri chiziq bo'ylab tarqalishini yana qanday hodisalar tasdiqlaydi?
Aqliy hujum:
Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari buyumlar o'lchami bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada?
O’quvchilarning fikrlari tinglanib yangi mavzu e’lon qilinadi va tushuntiriladi:
Yangi mavzu bayoni:
Sferik ko’zgu yaxshi ishlov berib silliqlangan shar sirtining bir qismidir. Yorug’lik nuri sferik sirtning ichki va tashqi sirtidan qaytishiga qarab sferik ko’zgular mos ravishda botiq va qavariq ko’zgular deyiladi. 1- rasmda botiq sferik ko’zgu tasvirlangan. Shar sirtining C markazi ko’zguning optik markazi, shar sigmentining O uchi esa ko’zguning qutbi deyiladi. C optik markazidan o’tadigan har qanday nur ko’zguning optik o’qi, sfera markazi C dan va ko’zgu qutbi O dan otadigan CO optik o’q ko’zguning bosh optik o’qi deyiladi.
Faqat bosh optik o’q yaqinida va optik o’qqa kichik burchak ostida kelayotgan nurlar markaziy nurlar yoki paraksial nurlar deb ataladi.
Yorug’lik chiqaruvchi S nuqtadan ko’zgugacha bo’lgan OS=d masofa, shu nuqta tasviri S ′ dan ko’zgugacha bo’lgan OS ′=f oraliq va sferik ko’zgu radiusi OC =R orasidagi bo’glanishni topaylik. Ravshanki, α tushish burchagi bo’ladi, chunki bu burchak tushayotgan nur va shar sirtiga perpendikulyar bo’lgan MC=R radius orasida hosil bo’ladi, α′ qaytish burchagi. Uchburchakning tashqi burchagi to’g’risidagi teoremaga muvofiq SMC uchburchak uchun quyidagini yozish mumkin: γ=α+ϕ.
uddi shuningdek, S′ MC uchburchak uchun ϕ′=α′+γ bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |