O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Download 127,91 Kb.
bet6/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • I BOB
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot davomida olib borilgan kuzatishlar, ishda bayon etilgan ilmiy-nazariy fikr-mulohazalardan o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun ixtisoslik kurslari hamda seminarlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot yangi davr o‘zbek adabiy-estetik fikrlar taraqqiyotini tahlil qilishda va Erkin Vohidovning faqatgina shoir sifatida emas, badiiy mahorat jarayonidagi qarashlarini ham umumlashtiruvchi nazariyotchi shaxs, bilimdon adabiyotshunos sifatidagi badiiy mahoratini ko‘rsatishdan iborat.
Tadqiqotning tuzilishi. Ushbu dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan bo‘lib, hajmi 76 sahifadan iborat.


I BOB

ERKIN VOHIDOVNING ILMIY-IJODIY

FAOLIYATIGA UMUMIY NAZAR


1.1. Adabiy-estetik qarashlar tarixi va tarqqiyotida ijodkorning o‘rni. Olis tariximizni asl haqiqatlari bilan chuqur o‘rganish, milliy iftixor tuyg‘ularini o‘stirish asosida, o‘zligimizni yanada teran anglashimiz uchun adabiy tanqidchilik haqida tasavvurga ega bo‘lmog‘imiz, uning asl mohiyatini chuqur anglamog‘imiz lozim. Chunki adabiy tanqid jamiyatimiz va adabiyotimiz hodisalarini haqqoniy baholash orqali xalqning ma’naviy saviyasini yuksaltirish badiiy-estetik didini o‘stirish va tarbiyalash orqali komil insonni tarbiyalashdek ezgu ishga katta yordam beradi.
Adabiyotshunos Bahodir Karimov qayd qilib o‘tganidek: “Aslida tanqidchilikning yuki engil emas. Buni anglash kerak. Chunki birorta kimsa umrini, ijodiy faoliyatini elga sovurishni istamaydi. Be’mani tanqiddan tuban “asar”larni dam-badam do‘ppini hidlab o‘qish va so‘ngra “yozg‘uvchi”ni savalash – nihoyatda mushkul ish. Asarni birov o‘qimasa – bu fojia, bu ma’naviy halokat”.3 Asosli ta’kidlanganidek, faqat badiiy asardan uzoqlashish emas, balki yaratilgan badiiy asarlarga munosabatning yo‘qolishi ham ma’naviy tanazzul sari etaklashi alohida qayd qilingan.
Hozirgi kunda o‘zbek adabiy tanqidchiligi bosib o‘tgan tarixiy yo‘lga ilmiy jihatdan haqqoniy baho berish va teranroq yoritish adabiyotshunos olimlarimiz zimmasidagi muhim vazifalardan biri bo‘lib kelayotganligi ham alohida qayd etilishi bejiz emas. Hayot va adabiyot birlikda taraqqiy etar ekan, ijodkor hayotning turfa olamini badiiy aks ettirishga urinsa, adabiy tanqid uning poetik qudratini talil qiladi va ma’lum bir xulosalar chiqarishga intiladi.
Darhaqiqat: “Jamiyatning o‘zidagi inqilob tamon o‘sish va ko‘tarilish, badiiy adabiyotdagi ma’rifatparvarlik motivlarining asts-sekin taraqqiy etib, inqilobiy ozodlik g‘oyalari tomon yuksalib borishi adabiy-tanqidiy fikrlardagi ijtimoiy-siyosiy qarashlarning ham chuqurlashuviga asos bo‘ldi”,4 – deb yozgan edi akademik Baxtiyor Nazarov.
Jamiyatdagi o‘zgarishlarning yuzaga chiqishi, inson tafakkuridagi evrilishlarni, uning turfa olam haqidagi qarashlarini badiiyatga singdirar ekan, bu holat tabiiy, shuning uchun badiiyat bilan hamohang tarzda adabiy-tanqidiy qarashlar ham taraqqiy etib boraveradi. Adabiy tanqidning paydo bo‘lishi va rivojlanishida, avvalo, kitobxonning ijtimoiy-estetik ehtiyojlari yetakchilik qilganligi bilan izohlanadi. Badiiy matn bilan doimiy tanishib borgan o‘quvchi biror – bir asarni o‘qib chiqqandan keyingina u haqida tushunchalarini shakllantiradi natijadada esa, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etish, qolaversa, muallif bilan fikrlashish istagi paydo bo‘ladi. Ma’naviy ehtiyoj davrlar o‘tishi bilan adabiy-tanqidchilikni yuzaga keltirgan. Adabiy-tanqidiy asarlarda badiiy asarning yutuq va kamchiliklari, ijodkorning badiiy mahorati haqida ilmiy fikr-mulohazalar yuritilgan, bundan tashqari, muayyan bir jamiyatning ijtimoiy manfaatlari ham aks etgan bo‘ladi. Qayd qilingan muayyan jamiyatning taraqqiyoti butun insoniyat uchun xizmat qilishi, uning tafakkuriga sezilarli ta’sir etishi asosida anglanishi ham bejiz emas. Dunyo sivilizatsiyasi doimo uzviy birlikda taraqqiy etib kelgan va taraqqiy etib boraveradi. Bu tushunchalarning zamirida insoniyat tushunchasi umumiylikda mavjud ekan, shu tarzda taraqqiy etaveradi. Har bir yangilik uning ma’naviy olamini yuksalishi uchun xizmat qiladi.
To‘g‘ri, insoniyat tafakkurining yuksalib borishi, uning jamyatdagi o‘rnini belgilash bilan bir qatorda, ularning ruhiy-ma’naviy olamini ham sezilarli darajada o‘zgarishiga, bu esa insoniyatning taraqqiyotini belgilashga imkon yaratib keldi. Shuning uchun ham madaniy hayotdagi o‘zgarishlar, insoniyat uchun xizmat qila boshlaganligini rus akademik olimi quyidagicha izohlashga intiladi: “O‘rta Osiyo qadim davrlardayoq umuminsoniyat sivilizatsiyalarining chorrahasi bo‘lgan va o‘zi ham ana shu sivilizatsiya markazini biri bo‘lgan. Shuning uchun IX-X asr O‘rta Osiyo dunyosining fan va falsafa arboblari o‘z prinsiplari bo‘yicha ma’rifat yaratishlari bilan o‘z davrlari va qadim dunyo o‘rtasidagi tarixiy cheklanishdan boshqacha qilib aytganda, o‘z “o‘rta asrlari”dan sakrab o‘tganlar”.5 Haqli tarzda e’tirof etilganidek, insoniya taraqqiyoti, tafakkurdagi o‘zgarishlar, ularning yuksalishi, olam va odamni anglashi bilan izohlanishi ham bejiz emas.
Qayd qilingan tushunchalarni quyidagi qarashlar bilan asoslash mumkin: “Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustivorlik qilgan bo‘lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (mil.avval. V-IV asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga bir kasb sifatida qarash ustivorlik qila boshladi... Bu xil qarashlarning paydo bo‘lishi ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san’atining ulkan ahamiyat kasb eta boshlagani bilan izohlanadi”.6
Ta’kidlanganidek, ijodiy jarayonga san’at asari sifatida qaralishining o‘ziga xos tamoyillari, qadimgi antik davrlardayoq shakllanganligini qayd etish o‘rinlidir. Buning zamiridagi hayotiy taraqqiyot, sharq-u g‘arbni yuksalishi uchun emas, insoniyatni ongli tarzda hayotga yondoshganligidan dalolat beradi.
Yozuvchi yoki shoirlarning adabiy-nazariy, tanqidiy qarashlari badiiy asarlarni tahlil qilib tushunishda muhim ahamiyatga ega. Bunday qarashlar ijodkorning badiiy-estetik olamini ochib beradi, shuningdek adabiyotshunosligimiz adabiy-nazariy fikrlarga boyib boradi, adabiyot havaskorlari ularni o‘rganib bilimlarini oshirishadi.
Antik adabiyotda bo‘lgani kabi sharq xalqlari tarixida ham ijod va ijodiy jarayonga teran yondoshish holatlari juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Tabiiyki, buning o‘ziga xos tamoyillari, shakllanish jarayonlari ham mavjudligini qayd etish lozimdir. Sharq xalaqi tarixi va ijodiy jarayoniga nazar tashlar ekanmiz, uning murakkab jarayonlari bilan birgalikda, adabiyotning o‘ziga xos qirralari haqidagi mulohazalarning mavjudligini ham kuzatamiz. Chunki, badiiy asarlarning poetik mukammaligi insonni, qalbini larsaga soladigan, tafakkur qilishga undovchi holat sifatida e’tirof etilgan. Manbalarda qayd qilib o‘tilganidek: “Ijodkor xarakterlarni to‘laqonli yaratish uchun axloq fanidan xabardor bo‘lishi kerak, shuningdek? Fikr – ritorika, ifoda – grammatika fanlariga asoslanmog‘i lozim. Qolgan ikki unsur esa musiqa va rassomlik san’atlari bilan bog‘liqdirki, ijodkor ulardan xabardor bo‘lishi lozim”.7
Badiiylik mezonlarini nazariy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan bir qator asarlarda badiiyat mezonlarining o‘ziga xosliklari tahlilga tortilganligini kuzatish mumkin. O‘zbek adabiyotshunosligiga oid manbalar talaygina, mumtoz adabiyotimizda ham qator tazkira va bayozlarda bunday ma’lumotlar uchraydi. Shu jumladan, Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” tazkirasi bilan o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Tazkirada ijodkorlar va ularning asarlari haqida ma’lumotlar keltirilibgina qolmasdan, muhim adabiy-tanqidiy mulohazalarini ham keltirib o‘tgan. XX asrga kelib adabiyotshunoslarimiz, adabiy-tanqidchilarimiz bu borada talaygina ishlarni amalga oshirdi va adabiyotshunosligimizni qimmatli manbalar bilan boyib borishiga ma’lum daraja asos bo‘lganligini qayd etish lozim.
Davrlar silsilasiga bardosh berib kelayotgan adabiyotning taraqqiyoti adabiy-tanqidiy qarashlar bilan uzviy bog‘liqligini barcha zomondagi etuk insonlar alohida qayd qilib o‘tganida ham asoslar mavjuddir.Ilk qarashlarning, talqinlarning zamirida ham adabiy-estetik tamoyillarini ifodalovchi qarashlar mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, ibtidiy shaklda bo‘lsa-da, mavjud mustaqil qarashlarni ifodalashga xizmat qilganligini ta’kidlash joyizdir. Chunki insoniyat tafakkurining mahsuli bo‘lgan badiiy ijodning turfa xil ohanglarini ifodalashga xizmat qiladigan tushunchalari ham mavjudligini qator manbalarda keltirilgan tushunchalar asoslashi mumkin. Shuning uchun ham, ijodiy jarayonning o‘ziga xos tamoyillarini ifodalovchi qarashlar G‘arb manbalarida antik davra borib taqalsa, Sharq xalqlarida og‘zaki ijodiy jarayonlarda, yozma manbalarda esa qadimiy yodgorliklarga uzviy bog‘lanishi ham bejiz emas. “Demak, runiy yozuv manbalari janubda O‘rxun daryosi (mo‘g‘iliston)dan shimolda Enasoy vodiysiga qadar, idil bo‘ylaridan Uzoq Sharqqa qadar cho‘zilgan keng hududda tarqalgan va ular mazmunan ajdodlarimizning tushuncha tafakkur tarzlarini aks ettirar ekan, ayni manbalar ozmi-ko‘pmi xalq adabiy-estetik tafakkurining hosilasi ekanini kuzatdik”.8 Bu mulohazalr zamiridagi adabiy-estetik tamoyillarni o‘ziga xosliklarini ham alohida qayd qilib o‘tishimizga sabab, adabiy-estetik qarashlarning tarixi uzoq davrlarga bog‘lanishini ta’kidlamoqchimiz, xolos.
Adabiyotshunos Umarali Normatov qayd qiliganidek: “XX asr o‘zbek adabiyoti bosib o‘tgan yo‘l, turli ijodiy avlodlar, ular amal qilgan mafkuraviy aqidalar, ijodiy prinsiplar orasidagi tafovut, yaratilgan asarlarning darajasi, qimmati xususida qat’iy hukm-xulosalar chiqarishga shoshilmaylik; yo‘ldagi xilma-xil taqiq, tazyiqlarga, har xil og‘ishlarga qaramay, so‘z san’ati o‘z ichki qonuniyatlariga, vorisiylik prinsiplariga amal qilgan holda rivojlanganligini hamisha nazarda tutaylik”.9 Bu tushunchalar zamirida hayotiy achchiq haqiqat mujassamlashgamligini unitmaslik lozim. Chunki XX asr adabiyoti, adabiy-estetik tamoyillari juda murakkab hayot yo‘lini bosib o‘tganligiga alohida izoh berilishi ham bejiz emas.
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O‘tkir Hoshimov kabi o‘nlab ijodkorlarning adabiyot, adabiyotshunoslik, adabiy-tanqidchilik, estetik tamoyillar borasidagi xizmatlari beqiyosdir. Qayd qilib o‘tgan ijodkorlarni shoir yoki nosir sifatidagina emas, balki mohir adabiy-estik tamoyillar tadqiqotchisi sifatida ham e’tirof etishimiz shart.
Yana Ozod Sharafiddinov, Izzat Sulton, Homil Yoqubov, G‘ulom Karimov, Matyoqub Qo‘shjonov, Aziz Qayumov, Laziz Qayumov, Salohiddin Mamajonov, Nayim Karimov, Umarali Normatov, Ibrohim G‘afurov, Nuriddin Shukurov, Sobir Mirvaliyev, Baxtiyor Nazarov, Norboy Xudoyberganov, Hotam Umurov, Bahodir Karimov singari adabiy tanqidchilarimiz o‘zlari yashagan davrdagi adabiy jarayonlarga muttasil o‘z fikr-mulohazalari bilan munosabat bildirib, ularni tanqid qilib, ilmiy maqolalarini va izlanishlarini umumlashtirib borishgan va bu jarayonda faol ishtirok etib kelmoqda. Adabiyotimizda adabiyotshunoslikka oid manbalar shakllanib borgan va hozirda ularning hajmi va qamrovi ancha kengayganligi bilan asoslash mumkin. Ularning adabiyot tarixi va o‘sha davrdagi adabiyotimiz haqidagi mulohazalari natijasida oltmishinchi-yetmishinchi yillar o‘zbek adabiy tanqidchiligida rang-barang tadqiqotlar, risolalar yaratildi.
XX asr boshlarida alohida qayd qilinganidek: “Tanqid yangi yozilgan kitob, jariyda, majallalarg‘a-da joriy va nafe’dur. Masalan: bir muharrir va yo muallimni sahvini va o‘z xizmatig‘a beporvaligini tanqid etmoq boisi isloh bo‘lur. Bizni Turkustonda yangi maktablar xeyli bordur. Yangi risola xeyle bosilib turubdur. Jaridalarg‘a maqola va shoirlar o‘qulub turubdur. Ammo hanuz tanqid davrig‘a etishganimiz yo‘q”.10
O‘tgan asar boshlarida qayd etilgan bu tushunchalarda juda ham asosli qarashlar mavjudligini unutmaslik lozim. Tanqid deganda faqat “qoralash”ni emas, uning borlig‘ini ko‘rsatish zarurligi ta’kidlanmoqda.
60-70-yillarga kelib ijodiy jarayon haqidagi qarashlar bilan bir qatorda, adabiy-estetik hodisalarning o‘ziga xos tamoyillari haqidagi qarashlar ham etakchilik qila boshladi. Bunady qarashlarni faqat adabiy-tanqidchilar emas, ijodkor shaxslarning, ijodiy-estetik tamoyillarni ilgari suruvchi mulohazalari ham o‘rin olganligi bilan izohlash zarur. Bunday fidoiy va iste’dodli ijodkorlar qatorini sanashni davom ettirsak, bu qator uzoq davom etadi.
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovni ham alohida ta’kidlasak arziydi. Ijodkorning adabiyotimizdagi o‘rni beqiyos. Uning bebaho she’riyati muxlislari qalbidan chuqur o‘rin olgan. Shoirning lirik merosi hajmi katta va yuksak mahorat bilan yozilgan. Erkin Vohodovni kitobxon shoir, dramaturg, adabiy tarjimon, davlat arbobi, taniqli adabiy tanqidchi sifatida bilamiz. Ijodkorning har qanday ijod mahsuli o‘z kitobxonlari qalbidan chuqur o‘rin egallab kelgan va shu jihatdan kitobxon shoir ijodiga katta mehr bilar qaraydi.
Shoir she’riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi o‘zbek adabiyotida o‘zining munosib o‘rniga egaligi bilan o‘ziga xoslik kasb etsishi, uning har bir asarida inson qalbini tarannum etuvchi talqinlarning etakchilik qilishi ham bejiz emasdek tuyiladi. Shoirning “Nido”, “Ruhlar isyoni” kabi dostonlarining badiiy saviyasi yuqoriligi, xalqimizning sevib mutolaa qiladigan asarlariga aylanib qolganligi bilan ajralib turadi.
Adabiyotshunos olim Umarali Normatov shoir ijodi haqida so‘z yuritganda quyidagi mulohazalarni alohida qayd qilib o‘tgan edi: “Keyingi yillarda adabiyot ilmining peshqadam jabhasi – tanqidchilikka ham fan, ham san’at deb qarash xiyla keng tarqalib borayotirki, bu tasodifiy emas. Hozirgi tanqidchiligimizning eng yaxshi namunalari ham bu xulosani tasdiqlab turibdi; iste’dodli, sinchikov munaqqidlarimiz buyuk munaqqidlar an’analari izidan borib adabiy-tanqidiy tafakkurni fan va san’at darajasiga ko‘tarish uchun astoydil harakat qilmoqdalar”.11
Asosli ta’kidlanganidek, bu tushunchalarning zamirida ulkan hayotiy haqiqat mavjud. Adabiy-estetik tamoyillarni juda yaxshi anglagan Erkin Vohidov “Shoiru, she’ru shuur” asarida adabiyotni anglash, uning qonuniyatlarini his etish, estetik tamoyillarningnzamiridagi badiiyat qonuniyatlariga munosabat bildirish jarayonida o‘tmish ijodkorlarining an’analarini izchillik bilan davom ettirganligidan dalolat beradi. Chunki mumtoz ijodkorlar ijodiy jarayon haqida ham juda mukammal mulohazalarni qayd qilib qoldirganligini kuzatish mumkin. Mavjud an’analarni izchillik bilan davom ettirgan Erkin Vohidov nafaqat shoir, dramaturg, publisist, tarjimon, balki adabiy-estetik tamoyillarni teran anglagan shaxs sifatida ham e’tirof etiladi. Shoirning qalbida lirik tuyg‘ulargina emas, shu bilan bir qatorda, uning tafakkuri, dunyoqarashida insonni, olamni, borliqni anglashning o‘ziga tamoyillari mavjudligini his eta boshlaymiz. Faqat ijod bilan emas, balki ijodiy jarayonning murakkab qirralarini teran anglash natijasida nafaqat o‘zbek adabiyotining estetik tamoyillari haqida shu bilan bir qatorda, jahon adabiyotini, tarjima nazariyasini murakkab qirralarini juda asosli tahlil qilishi, nazariy muammolarni o‘rtaga tashlashi, ijod bu oliy ne’mat ekanligini his etishi, bu jarayonga juda katta va ulkan tayyorgarlik bilan kirish lozimligini alohida qayd etishining ham o‘ziga xos sababalari mavjudligini anglaymiz. Shoir ijodiy jarayonni oliy bir tuyg‘u sifatida e’tirof etishi, uning turfa olamlarini hayot, inson, koinot zamiridan topish mumkinligini anglatishga qaratilgan tushunchalarida falsafiy qarashlar mavjudligini alohida qayd etish lozim.
Iste’dodli adabiyotshunos olim Bahodir Rahmonov shoir ijodi haqida quyidagi qarashlarni ilgari surgan: “Haqiqatdan ham har bir qalam ahlining shakllanishi uning keyingi ijodiy taqdirini belgilaydi. Erkin Vohidov beg‘ubor bir ko‘ngilning go‘zal his-tuyg‘ulari bilan, ezgulikka tashna bo‘lgan yurak bilan paydo bo‘ldi va bunday shakllana borishning istirobli yo‘lidan og‘ishmadi. Bugungi kunda Erkin Vohidov she’rlari hozirgi o‘zbek she’riyatining Vatan sarhadlaridan oshib o‘tgan jahon miqyosidagi tarozisidagi og‘ir toshlardan biridir, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi”.12
Darhaqiqat, shoirning ijodi jahon adabiyotining durdonalaridan biri sifatida e’tirof etilishi, ayni haqiqatdir. Chunki shoir butun hayotini, ijodga inson olamini anglashga, uning tafakkuridan kechayotgan qarashlarga munosabat bildirish, “dardli, istiroblari”ni qalamga olish bilan hayot kechirdi. Shu bilan bir qatorda, ijodiy jarayonning turfa olamlari haqidagi qarashlari zamirida hayotiylik mujassam edi.
Yillar murakkab og‘irlik bilan o‘tayotgan zamonning zamonasozligini anglab, his etib yashash murakkabligini dildan anglagan hayotining naqadar dalg‘ali onlarini boshdan kechirgan shoir davr va adabiyotga ham juda teran va tahliliy yondoshadiki, bunda biz juda go‘zal o‘xshatishlarni, oniy lahzalik hayotning sermashaqqat va murakkabliklarini anglay boshlaymiz. Axir, iste’dod sohiblari buning qiyinchiliklarini, uning shafqatsizliklarini o‘z boshidan kechirgan, ba’zan esa guvoh bo‘lgan shaxs sifatida qalam tebratishida achchiq hayotiy haqiqat mavjud edi. Iste’dodli shoir Erkin Vohidov adabiyotga kirib kelar ekan, keyinchalik bu davrning xususiyatlarini quyidagicha izohlashga intiladi: “Elliginchi yillarda she’riyatga kirganlar ichida chinakam katta talant egasi bo‘lgan shoirlar yo‘qmidi?” Bor edi. Lekin elliginchi yillarda she’riyatda dabdaba va hamdu sano udum bo‘lgan edi. O‘sh yillarda adabiyotga kirgan shoirlarning ko‘pchiligi ana shu udumni qabul qildilar, ilkmqadamdan boshlab ana shu usulga o‘rgandilar, shunday shakllandilar. So‘ngra oltmishinchi yillarga kelib she’riyatdan madhiyabozlik chekinganda ularning ko‘pchiligi yangi narsaga darrov moslasha olamadilar. She’riyatning bayrog‘ini tantanabozlik xarobolarida tug‘ilgan avlod qo‘lga oldi”.13
Ta’kidlanganidek, adabiyot va davr, adabiyot va zamonasozlik, ijod va davr, ijodiy jarayon va mafkura, estetik tamoyillar va inson, ijodni anglash va mashaqqat, muhit va erksizlik, erkinlik va ijoddagi erksizlik bularning zamirida dialektik birlik bilan bir qatorda hayotni, insonni anglash va tushunish muammosi ham mavjudligini unutmaslik lozim.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, uning murakkab jarayonlarini olam va insonni anglashga intilgan ijodkor o‘z tuyg‘ularida berishga, talqin qilishga intilganligini kuzatamiz. Har qanday davr va mafkura o‘zining ta’sirini badiiyatga o‘tkazishga intilar ekan, uning zamirida insoniy munosabatlar, davriy muammolar darajasiga ko‘tarilishi, ba’zan esa davrga hamohang qadam tashlash, shunga hamohang ijod qilish zarurligini ham teran his etish darkor. Bu tushunchalarni shoir va ijodkor, adabiy tanqidchi Erkin Vohidov qaydlari bilan isbotlasak, yana-da asosliroq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz: “Unda ko‘p o‘nqir-cho‘nqirlar, yangilishlar, izlanishlar bor. Negaki, boshimizdan kechirgan kunlarimizning o‘zi noteks, murakkab, xatolarga to‘la bo‘lgan. Biz haq so‘zni aytish qiyin bo‘lgan zamonda yashadik”.14
Shoir qalbidan otilib chiqqan bu molohazalarni bugungi kun kitobxoni deyarli his qilmas, ammo o‘sha davrni, muhitni, haq va haqsizligini barcha murakkabliklarini boshidan o‘tkazgan insongina anglaydi, mulohaza qiladi. Davr va adabiyot uzviy birlikda taraqqiy etar ekan uning zamirida adolat va adolatsizlikning o‘ziga xosligini his eta olishning o‘zida ham juda katta ma’no bor. Shoir qalbidagi armonlarini “Iztirob” asarida qayd qilar ekan uning zamiridagi hayotiy murakkablikni teranroq anglay boshlaymizki, bu esa adolatli va to‘g‘ri xulosalar uchun imkon beradi. Davrning murakkabligi hayotni borlig‘icha tasvirlash imkonining mavjud emasligi bilan izohlanadi. Chunki sotsial jamiyatning eng murakkab qirrasi ham o‘sh jamiyatning noxolis yo‘ldan borayotganligini anglasang-da, uni to‘g‘ri deb baholashga majburligidadir. Erkin Vohidov Bokuga qilgan bir safarida hayot haqidagi go‘zal bir she’rini o‘qiydi. Ammo mafkura bu she’rni hazm qila olamydi, zudlik bilan muallifga tuhmatlar yog‘iladi. Bu haqida shoir yozadi: “Bizlar, - dedi notiq, - yosh shoirni Kavkazga safarga jo‘natganimizda u Boku neftchilarining qahramonlik mehnatidan ilhom olib, ko‘kka bo‘y cho‘zgan neft minoralari haqida zalvorli she’rlar yozar, deb yo‘lagandik. U allaqaysi shoirning ko‘z yoshlarini she’rga solibdi. Partiya shoirlar oldiga ulkan vazifalar qo‘yib turganda, bunday ijod namunalarini yozish o‘taketgan mas’uliyatsizlikdir! O‘shanda guldiros qarsaklar bilan qarshi olingan otashin bu nutq, - deb yozadi shoirning o‘zi, - Yozuvchilar uyushmasining devoridan oshib, kompartiya va kamsamolning baland minbarlariga ko‘tarildi... Yosh umidli shoir bo‘lib yurgan yigit bir lahzada burjua g‘oyalarini tashuvchi unsurga aylanib qoldim. Mening iztirobli, alamli, ichki isyon bilan to‘lib toshgan kunlarim boshlandi”,15 - deb yozadi Erkin Vohidov.
Ijod, ijodiy jarayon hamma-hammasi ijodkorga bog‘liq bo‘lavermasligini, davr va muhit bilan ham ”hisoblashishga majbur”ligini qayd etmoqchimiz. Bu tushunchalar zamirida o‘ta achchiq haqiqat bor edi, bularning hayotiyligi, ”ilmsizlarning tez birikishi” hamma davrlarda ham mavjud bo‘lgan, ammo shunday muhitda o‘zlikni, g‘ururni saqlash va ijod etish juda katta jasoratni ham talab etganligini qayd etmoqchimiz. Erkin Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‘plab, to‘rtta kitobga jamladi. Bu to‘rt jildlik saylanmalari shunday nomlanadi: “Ishq savdosi”, “She’r dunyosi”, “Umr daryosi”, “Ko‘ngil nidosi”. Bu asarlar faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir.
Erkin Vohidov ijodiy faoliyatini bor ko‘lami bilan kuzatgan, unga ashaddiy muxlislik qilgan kitobxon bir narsadan hayratga tushishi aniq – shoir qaysi ishga qo‘l urmasin, bu ishi bilan ijodkorni o‘sha sohadagi birinchilar qatoriga chiqqanini sezish qiyin emas. Ijodkorning “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi” dramalari o‘zbek milliy teatr san’atimizning yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Bundan tashqari shoirning satirik she’rlari kulgu ixlosmandlari orasida tez shuhrat qozondi. “Siyosiy saboq”, “Majlis qiling”, “Sen menga tegma”, “Shaharmi bu, qishloqmi bu”, “Yomonning so‘zi” kabi o‘ynoqi she’rlari o‘zbek she’riy satirachiligini yuksalishida qimmatli manbalar bo‘lib xizmat qildi. Matmusa turkumiga kiruvchi hajviy she’rlari ham katta dovruq qozondi.
Ijodkor o‘zini tarjimonlik mahoratini ham namoyon qildi, bu boradagi faoliyatini alohida bir maktab deyish mumkin. Gyotening mashhur “Faust” asarini rus tilidan mahorat bilan tarjima qilgan, Rasul Hamzatovning “Mening Dog‘istonim” asarini ham mahorat bilan tarjima qilgan va ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari taniqli rus shoiri Sergey Yesenin ijodini o‘zi ham sevib mutolaa qilgan, uning satrlariga ba’zan ergashib ijod qilganini ijodkor bir o‘rinda aytib o‘tgan edi. Bu ijod namunalarini boshqa o‘zbek kitobxonlariga ham yetkazishni, ularni bahramand etishni istadi va ularni o‘zbekchaga tarjima qildi. Bundan tashqari, Aleksandr Blok, Ukrainka, Mixail Svetlov, Aleksandr Tvardovskiy, Silva Kaputikyan asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Uning hayoti va ijodi haqida ko‘plab kitoblar yozilgan. Jumladan, “Erkin Vohidov saboqlari” (2016), “To quyosh sochgayki nur”, “So‘z sehri”, “O‘zbegimning Erkin o‘zbegi” kitoblari shular jumlasidandir. Bu kitoblarda ijodkorning ijodiga, hayot yo‘liga munosabat, she’rlari tahlili, ijodi tahlili bo‘yicha ko‘pchilik ijodkor olimlar tomonidan chiqarilgan maqolalar jamlangan va kitob holiga keltirilgan. Bu bebaho namunalar kitobxonlar uchun qimmatli manbalar bo‘lib xizmat qilmoqda.
Chindan ham haqiqiy iste’dod sohibi va u yaratgan ijodiyot eskirmaydi, o‘z qimmatini yo‘qotmaydi. Vaqt sinovidan o‘tib o‘z kitobxonlarini topishda davom etaveradi. Shu jihatdan, ijodkor haqida taniqli shoirimiz, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ham o‘z mulohazalarini quyidagicha bayon qiladi: “Qadrdonim va safdoshim Erkin Vohidov chinakam oltin iste’dod sohibidir. Shoirimizning ovozini boshqa biron qalamkash takrorlashi sira mumkin emas. Olloh taolo ijodkorimiz qo‘r to‘kib o‘tiradigan kursisini o‘zi bilan birga qo‘shib yaratgan. Erkin Vohidov o‘z ijodi bilan adabiyotimiz tarixida sobit turgan shaxsdir… biz shoir bilan turfa davrlar va mafkuralarning chig‘irig‘idan yonma- yon o‘tdik, goh tuhmat toshlari ostida, gohida taqib va tazyiqlar ostida qolgan paytlarimiz ham ko‘p bo‘ldi. Ammo mana shu ajoyib she’riyat o‘z tarovatini yo‘qotmadi”.
Har bir davrning o‘ziga yarasha tosh-u tarozisi borligi hech kimga sir emas, adabiyot ahli davr muammolarini badiiy adabiyotga olib kirishga harakat qiladi chunki bu tabiiy holat, davr voqeliklarini, xalqning, millatning o‘tmishini, bugunini yoritish ustuvor bo‘ladi, yoki kelajak haqidagi orzularini yoritish ham muhimdir. Ammo bularni ochiq- oydin tasvirlash hamma davrlarda ham mumkin bo‘lmaydi, bunga ijtimoiy tuzum, hukumron hokimiyat vakillarining siyosati to‘sqinlik qilishi mumkin. Shunday bo‘lsa-da, jonkuyar, atrofdagi hodisalarga loqayd qarab tura olmaydigan ijodkorlar har qanday davrda ham buni ijod namunalarida ifodalashga intilishgan, ochiq-oydin ifodalay olmasa, tasvir vositalari yordamida majozan, kinoya bilan, tashbehlar bilan davr hodisalarini tasvirlaganlar.
Erkin Vohidov va Abdulla Oripovlar ham mana shunday haq gapni ochiq-oydin hayiqmasdan aytish mushkul bo‘lgan davrda ham yashadilar, ijod qildilar, o‘rni kelganda ta’qiblarga uchradilar ham, ammo o‘zlarining ijodidagi bosh maqsaddan sira ham og‘ishmadi.
Inson badiiy ijod jarayonida hayotni, o‘zlikni anglash, uni his etish jarayonida izlanadi, tafakkur qiladi, badiiy ijod jarayonlari bilan tinimsiz kurashadi. Shu o‘rinda Erkin Vohidov “O‘zbegim” qasidasi yozilganda katta olqishlar bilan bir qatorda, taqiblarga uchraganligi haqida shunday yozadi: “Men “O‘zbegim” she’rini birinchi marta 1968-yilda yozuvchilar uyushmasining katta mushoirasida o‘qiganman. Olqishdan zal qalqib ketgan. Zalda o‘tirgan muxlislar, hamkasblar chin dildan qutlaganlar… she’rni ikkinchi marta o‘qiganimda ham qarsaklar bir lahza tinmagan. She’r ana shunday milliy g‘urur va olqish bilan kutib olingan. “O‘zbegim” menga quvonch, shodlik bilan birga, og‘ir iztiroblar, kutilmagan tashvishlar ham olib kelgan. She’r matbuotda e’lon qilingach, matbuotning eshiklari men uchun birin-ketin yopildi. Gazeta-jurnallar she’rlarimni olib qolishardi-yu, lekin turli bahonalar bilan e’lon qilishmasdi…”16
Abdulla Oripov Erkin Vohidovga bejizga “O‘z ijodi bilan adabiyotimiz tarixida sobit turgan shaxs” dir deb ta’rif bermaganiga birgina isbot keltirdik, bunday dalillarni qidirsak ular nihoyatda ko‘pdir.
Ammo istiqlol sharofati bilan bu qasida o‘z munosib o‘rnini topdi. Ijodkor hukumron doiralarning “O‘zbegim”ga o‘zgartirish kiritish haqidagi tazyiqlariga qaramasdan uning biror so‘zini ham o‘zgartirmadi, hammasiga chidadi, oxir oqibat o‘z qadrini, hurmatini, el mehrini yo‘qotmadi, aksincha el e’zoziga sazovor bo‘ldi.
Endi shoirning o‘ziga ruhan ustoz deb bilgan, uning ijodidan ma’naviy oziqlangan Sergey Yesenin ijodiga yuksak mehr qo‘ygani, u bilan do‘st tutingani haqidagi fikrlarni keltirib o‘tsak: “Yoshlikda orttirilgan do‘st umrning ko‘rki, qalbning suyanchig‘i bo‘ladi. Kishi shodligini ham, dardini ham, avvalo, u bilan baham ko‘rgisi keladi, har gal uchrashganda bamisoli yoshlikning beg‘ubor olamiga qaytgandek bo‘ladi. Tasavvurimda Sergey Yesenin she’riyati mening shunday – yoshlik” do‘stim”-deb, shoir ijodiga mehri balandligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini keltirib o‘tgan. Keyinchalik bu she’riyatni o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilganini sal oldin aytgan edik.
Erkin Vohidovning xalqimiz, yurtimiz uchun xizmatlari tiriklik chog‘idayoq taqdirlangan. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni faxriy unvoni, “Buyuk Xizmalari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan. Ijodkorning sermahsul ijodida asosiy o‘rinni she’rlar egallasada, bundan tashqari dostonlar, dramatik asarlarga ham qo‘l urgan va kitobxonlarning sevimli asarlariga aylangan. Erkin Vohidov ijodi o‘ziga xosligi va ko‘p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiy xulosalarga boylik, tarixiylik kabi ezgu g‘oyalar ifodasi ijodkorning tarix zarvaraqlari bilimdoni, insoniy fazilatlar sohibi ekanidan darak beradi, va o‘quvchini mushohadaga chorlaydi. Iste’dodli shoirning ma’naviy merosi xalqimizning o‘zligini anglashiga, inson qalbidagi tuyg‘ularni, his etishga, uning dardli alamlarini anglashga xizmat qilishi bir qatorda ijodkorning, badiiy mahorati, uning ijodiy jasorati insonni anglash va fikrlashi uchun ham asos bo‘lib xizmat qilaveradi.
Hayot haqiqatini murakkabligi va to‘lig‘icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish o‘tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko‘tarib chiqish, ma’naviy va jismoniy ruh erkinligini badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususyatlaridan biridir. Erkin Vohidov ijodini o‘rganish yillar o‘tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan tushunmay kelayotgani barcha adabiyot shaydolari uchun sir emas. Adabiy-estetik fikrlar taraqqiyotining rivojida Erkin Vohidovning xizmati katta. Ijodkorning bu boradagi maxsus asari “Shoiru, she’ru shuur” orqali, undagi fikrlarga tayangan holda ijodkorning adabiy-tanqidiy qarashlarini, unda ifodalangan tushunchalar yig‘indisi haqidagi qarashlarga to‘xtalib o‘tamiz. Ana shundagin ijodkorning qomusiylik xarakterini teranroq anglash imkoniga ega bo‘lishni ham ta’kidlab o‘tmoqchimiz.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish