Aqliy xujumni unumli o‘tkazish qadamlari:
1. Ishtirokchilarni erkin xolda o‘tkazing.
2. G‘oyalarni yozish uchun qog‘oz tayyorlang.
3. Aqliy xujum ishtirokchilariga muammoni yetkazing.
4. Ishlash qoidalarini aniqlang:
a. G‘oyalarni taklif qilish jarayonida ular baholanmaydi;
b. Erkin fikrlash;
s. G‘oyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi;
d. Boshqalar fikrini «ushlab olib» ularni rivojlantiring(ularni birlashtirish, o‘zgartirish va xokazo orqali yangilarini o‘ylab toping);
5. Taklif etilgan g‘oyalarni tezda qog‘ozga yozib boring.
6. Yozayotgan varag‘ingiz to‘lishi bilan uni devorga osing.
7. Yangi g‘oyalarni rag‘batlantiring va o‘zingizni qo‘shib boring.
8. Boshqalarni g‘oyalari ustidan kulishga, tanqidiy izoxlashga, kinoyalar qilishga yo‘l qo‘ymang.
9. Iloji boricha ko‘proq-g‘oyalar tamom bo‘lmagunga qadar, davom ettiravering.
O‘quv jarayonida aqliy hujum ma’ruzalarda – yakka va juftlikda ishlab, amaliy mashg‘ulotlarda – kichik guruhlarda ( 4-7 kishi), to‘liq o‘quv guruhida ishlatilishi mumkin. Mashg‘ulot vaqtida “Aqliy hujum”metodi tinglovchilarni faollashtirishga, charchoqni bartaraf etishga, barchani g‘oyalar qidirish jarayoniga jalb etishga imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |