«AQLIY HUJUM» MYeTODI –
Mavzuga taaluqli ko‘p fikrlarni boshlanishida tanqid qilmasdan, erkin xolda ishlab chiqish jarayoni. «Aqliy hujum»metodining ishlatilishi hilma – xildir.
«Aqliy hujum»metodining asosiy vazifasi: g‘oyalarni to‘plash uchun kichik guruhlarning kuchidan foydalanish(kichik guruhning umumiy kuchi guruh ishtirokchilarining kuchlari yig‘indisidan ko‘proqdir). Aqliy xujum muammoni yechish bilan band bo‘lgan odamlarni ko‘proq g‘oyalarni taklif etishga (ular ichida misilsiz va g‘aroyiblari ham bo‘lishi mumkin) undaydi. Ushbu strategiyaning asosiy tamoyili: qanchalik ko‘p g‘oyalar taklif etilsa shunchalik bitta bo‘lsa xam g‘oya to‘g‘ri bo‘lishi extimoli ko‘prokdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |