Yugurish u ham tayanch momentlarining yuzada almashinib turishi bilan bajariladigan sikllarning takrorlanishi, oyoqlarning navbatma-navbat oldinga ko’chirish, qo’llar oldinga ko’chirish, qo’llar harakatining uyg’unligi bilan xarakterlanadi. Yugurish chog’ida yuguruvchining ikkala oyog’i yerdan uzilganda parvoz fazasi mavjud bo’ladi. Parvoz momenti kishining yugurish tezligini oshiradi, inersiya ta’sirida bo’shashtirilgan mushaklar bilan oldinga harakat qilishga imkon bergan holda qadamni uzaytiradi. Yugurish paytida kuch sarfi oshadi, shuning uchun nafas olish hajmi, qon aylanish, gaz almashish tezligi ortadi.
Yugurish bola ikki yoshga yetganda shakllanadi va uch yoshga yetganda o’z takomiliga yetadi. 2,5 – 3 yoshli bolaning yugurishi mayda qadamligi bilan xarakterlanadi. oyoqlab emaklash, tik devor, (gimnastika devori), narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho’pga tirmashib chiqish.
Yugurish ko’nikmasini dastlab o’zlashtirayotganda ular notekis, qiyin qadam tashlab yo’nalish yaxshi rioya qilmay yuguradilar. O’rgatish natijasida to’g’ri yugurish belgilari mustahkamlana boradi: parvoz holatida gavda oldinga biroz egilgan, bosh ko’tarilgan, qo’llar tirsaklardan bukilgan, qo’l va oyoqlar harakati muvafiqlashgan bo’ladi. Bolalarda yugurish sifatini takomillashtirish maqsadida turli xil yugurish turlaridan foydalanish mumkin: oyoq uchida yugurish, katta qadam tashlab yugurish, sonlarni baland ko’tarib yugurish, musiqa ostida va rtimik yugurish, signallar asosida yugurish, buyumlarni oralab va buyumlar bilan (arg’amchi chambarak) yugurish, kim o’zarga yugurish.
Yugurish jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida rejaga muvofiq amalga oshiriladi.
1. Tez yugurish (20 metrga 2-3 marta tanaffus qilib)
2. 80-120 metrga yurish bilan almashinib yugurish (2-4 marta)
3. O’nkir-cho’nqir joylardan 400 metrga sekin yugurish. Bu ham umumiy chidamlilikni tarbiyalashga yordam beradi
Yugurish mashqlarining vazifasi qo’l va oyoqlar harakatlanayotganda muvozanat yaxshi saqlagan holda yengil, erkin harakatlar qilishni o’rgatishdir. Bolalar katta maktabgacha yoshda bir yo’nalishda hamda bir me’yorda yurish va yugurish ko’nikmasini egallay biladilar.
Bolalar olti yoshga yetganda yugurishda uchish holatini egallab olgan bo’ladilar. Yugurishni takomillashtirish uchun oldingi guruhlarda egallangan harakat malakalari asosida turli mashqlarni asta-sekin murakkablashtirib borishdan foydalaniladi.
Tizzalarni baland ko’tarib yugurishda tizzadan bukilgan oyoq to’g’ri burchak darajasiga ko’tariladi va yerga yumshoq qo’yiladi, ammo oyoq uchi shahdam harakat bilan qo’yiladi.
Keng erkin qadam bilan yurish va yugurish, harakat bir oz sekinlatilishi bilan harakterlanadi. Bunda qo’l va oyoq odatdagidek o’zaro muvofik, harakat qilib oldin oyoq tovoni qo’yilib, uchiga o’tiladi.
Tezkorlik sifatlarini rivojlantirish uchun tezlik bilan yugurish (20 m masofaga) taklif kilinsa, chaqqonlik va harakat muvofiqligini rivojlantirish uchun mokisimon yugurish beriladi va, nihoyat, chidamlilikni rivojlantirish uchun belgilangan masofaga sekin va o’rtacha sur’atda 2.5 daqiqa davomida muntazam yugurish qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |