Yassi tog‘liklar va tog‘liklar. Yevrosiyoniyg katta balandlik qismini yassi
tog‘liklar va tog‘liklar tashkil etadi. Ular materik hududida juda notekis tarqalgan.
Eng yirik makrostrukturali yassi tog‘liklar va tog‘liklar materikning Osiyo qismida
joylashgan. Bular O‘rta Sibir, Gobi, Ordos yassi tog‘liklari va Tibet, Kichik Osiyo,
Armaniston, Eron, Beyshan tog‘liklaridir. YYevropaning turli regionlarida
joylashgan yassi tog‘liklar va tog‘liklar maydon jihatidan bir muncha kichik va
kam tarqalgan. Bular Skandinaviya yarim orolidan Norland, Pireney yarim
orolidagi Meseta, Buyuk Britaniya orolidaga Shotlandiya yassi tog‘liklari hamda
Bolqon yarim orolidagi Dinar tog‘ligidir. Barcha yassi tog‘liklar va tog‘liklar
materikning tekislik va pasttekisliklakriga o‘xshab geologik eralarning turli
davrlarida paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |