Ordos yassi tog‘ligi. Ordos Xitoy platformasi ustida vujudta kelgan yassi
tog‘likdir. Uning hududini bir qismi Ordos sineklizasiga va ikkinchi qismi
Shanxay anteklizasiga to‘g‘ri keladn. Aksariyat qismining balandligi 1000-2000 m
atrofida Yassi tog‘lik qumtoshlardan, qumli slaneslardan va gillardan tarkib
topgan. Yer yuzasiniig‘ tuzilishida qum massivlari bilan qoplangan yassi
tekisliklar, uzoq masofata cho‘zilgan pastqam joylar va qiya yon bag‘rli
balandliklar birin-ketin takrorlanib ko‘pchilikni tashkil etadi. Ahyon-ahyonda
uncha baland bo‘lmagan kryajlar ham uchraydi. Yassi tog‘likning 50% maydonini
turli xil relef shakllariga ega bo‘lgan qum massivlari egallab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |