YEVROSIYONING IQLIMI. IQLIM MINTAQALARI.
Yevrosiyoning geografik o‘rni, hududining kattaligi, g‘arbiy va janubiy
chekka qismlarinipg kuchli parchalanganligi, markaziy va sharqiy qismlarining
yaxlitligi, asosiy qismini Shimoliy qutb doirasi bilan ekvator oralig‘ida
joylashganligi, okean xavzalarining ta’siri, murakkab orografik tuzilishi
materikning iqlim xususiyatlarida va iqlim sharoitining nihoyat darajada hilma-
hilligida muayyan o‘z ifodasini topgan.
Materikning bepoyon tekisliklari, qirg‘oq chiziqlarining kuchli kesilganligi
Atlantika okeani va Arktikadan keladigan havo massadarini ichki rayonlarga
bemalol kirib borishiga imkon beradi. Yevrosiyoning sharqida Tinch okeandan
keladigan musson havo massalariniig ta’siri bir muncha chegaralangan bo‘lib,
asosan qirg‘ok, buylarida namoyon bo‘ladi. Mussonlar shimoliy kengliklarining
ichki rayonlariga umuman ta’sir etmaydi, Chunki bu regionda submeridian
yo‘nalishda cho‘zilib yotgan tog‘ tizmalari musson, sirkulyatsiyasini to‘sib qolib
ichki rayonlarga kirib borishga imkon bermaydi biroq materikning janubiy va
janubi-sharqiy qismlarida musson havo massalari quruqlik ichkarisiga ancha kirib
borib, aholining qishloq xo‘jalik faoliyati uchun qulay imkoniyat vujudga keltiradi.
Yevrosiyo hududi bo‘ylab atmosfera yog‘inlarining notekis taqsimlanishi
havo massalarining takrorlanishiga, yo‘nalishiga, havo frontlarining hosil
bo‘lishiga, yer yuzasining orografik tuzilishiga va boshqa omillarga bevosita
bog‘liq. Shuning uchun ayrim mintaqalarning dengiz iqlimi sektorida keng bargli
subtropik, ham tropik o‘rmonlar hukmronlik qilsa, ayrim mintaqalarning kontintal
sektorida cho‘llar, chala cho‘llar va dashtlar hukmronlik qiladi.
Yevrosiyo hududi ustida yil davomida arktika, mu’tadil va tropik havo
massalari joyini o‘zgartirib turadi. Materikning markaziy rayondari uchun yuz
oylarida isigan va kishida sovuq mu’tadil havoning ahamiyati katta, Janubi-
G‘arbiy va G‘arbiy Osiyo ustida yil davomida tropik havo hukmronlik qiladi.
Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga yoz paytida dengiz tropik havo massalari kirib
kelib, nam tropik iqlimni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Bulardan tashqari
Yevrosiyo iqlimining shallanishiga sovuq va iliq dengiz oqimlari ham ta’sir
ko‘rsatadi.
Yil davomida keluvchi umumiy radiatsiya miqdori Yevrosiyo hududida
shimoldan janubga qarab o‘zgarib boradi. Shimoliy rayoplarda va arktik orollarda
yil .davomida keluvchi umumiy radiatsiya miqdori 1sm2 maydonda 60 kkalga
yaqin, G‘arbiy YYevropada 70 kkaldan 140 kkal gacha ko‘payadi, Osiyoning
janubiy va shaqiy qismlarida 120-180" kkalni tashkil ztadi. Bu kursatkich
Arabiston yarim orolida eng maksimal darajada bo‘lib 200- 220 kkal. gacha yetadi.
Shuning uchun Arabiston bir yilda keladigan umumiy radiatsiya miqdori jihatidan.
Yer yuzida birinchi o‘rinda turadi,
Yillik radiatsiya balansi ham Yevrosiyoda shimoldan janubga tomon keskin
o‘zgarib boradi. Materikning yuqori geografik kengliklarida radiatsiya balansi 1
sm2 maydonda 10 kkal. dan qo‘yi geografik kengliklarda 80 kkal. gacha o‘zgaradi.
Qishda Yerosiyo materigining kuchli sovub ketishi munosabati bilan
Mongoliya ustida barqaror yuqori atmosfera bosimi markazi Pens atitsikloni
shak,llanadi. Uning bir tarmog‘i shimoli tomon yunalib Sharqiy Sibir sharq
antitsikloning vujudga leltiradi. Osiyo antitsiklonining katta tarmog‘i g‘arb tomon
yunalib, Qozog‘istonning markaziy, Rossiya tekisligining janubiy, Dunaybuyi
pasttekisligining o‘rta polosasi bo‘ylab, Fransiyagshng janubiy qismigacha boradi.
G‘arbda esa, Azor maksimumining bir tarmog‘i YYevropanipg janubiy va
markaziy rayonlariga tasir etib Osiyo atsikloni bilan tutashadi va materikning
yuqori bosimi katta o‘qini (Voyeykov o‘qi) hosil qiladi. Osiyo antitsiklonining
boshqa tarmoqlari Eron va Sharqiy Xitoygacha ham yetib boradi.
Yuz oylarida isigan materik ustida past atmosfera bosimi vujudga keladi.
Uniig asosiy markaziy O‘rta Osiyodan janubda Eron va Hindiston yarim orolining
shimoli-g‘arbiy qismi hisoblanadi. Yozda havo massasining sirkulyatsiyasi va
atmosfera harakat markazlarining materik nisbata joylashishi ham kuchli
o‘zgaradi. Qishki Osiyo antitsikloni yemirilib, uning o‘rnini yozgi past atmosfera
bosimi egallaydi. Azor maksimumi ham kuchsizlanmb, O‘rta dengiz va Old Osiyo
o‘lkalarida qurg‘oqchil va issiq havo bilan almashinadi.
Janubiy Xitoyda, Hindiston va Xindixitoy yarim orollarida hamda Malay
arxipelagida yozgi subekvatorial mussonlarning namoyon bo‘lishi bu regionlarga
juda serob namgarchilik olib keladi. Ayiiqsa tog‘ tizmalarining okeandan
keladigan nam havo massalariga rupara turgan yon bag‘rlariga juda katta miqdorda
yog‘in tushadi.
Binobarin, materikning YYevropa qismida yozgi haroratniig ko‘tarilishi
bilan siklonlar faoliyati kuchsizlanadi, quyoshli issiq kunlar boshlanadi, Osiyoning
ichki regionlarida va Arabiston yarim orolida jazirama issiqlar uzoq davom etadi.
Namgarchiiik Yevrosiyoning shimoliy qismida odatdagiday mu’tadil bo‘ladi, O‘rta
dengiz atrofidagi o‘lkalarda kamroq, Arabiston, O‘rta va Markaziy Osiyo polosasi
buylab to Gobi cho‘llarigacha nihoyatda kam bo‘ladi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda
musson yomg‘irlari juda ko‘p yog‘adi.
Yevrosiyoda termik rejim juda xilma-xil bo‘lib, shimoldan janubga va
g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarib boradi. Materikning YYevropa qismida termik
rejim asosan quyosh issiqligini zonal taqsimlanish qonuniyatiga to‘g‘ri keladi. Yoz
oylarida iyulning o‘rtacha harorati Fennoskandiyaning shimoliy qismida 10°S
bo‘lsa, Markaziy YYevropada 18°S, Fransiyaning janubida 20°S va Dunay
tekisliklarida 22°S bo‘ladi. YYevropaning eng issiq joylari O‘rta dengiz atrofi va
Rossiya tekisligining janubi-sharqiy qismi hisoblanadi. O‘rta dengiz regionidagi
yarim orollarning shimolida iyulning o‘rtacha harorati 23°S dan janubida 26°S
gacha, Kaspiybo‘yi pasttekisligida 27°S gacha yetadi. Tog‘oralig‘i botiqlarida esa
28°S gacha ko‘tariladi.
Yeropaning qish oylarini termik rejimi sharoiti bevosita Atlantika okeanidan
va O‘rta dengizdan keladigan iliq xavo oqimiga bog‘liq. Shuning uchun G‘arbiy
YYevropaning aksariyat qismida yanvarning o‘rtacha harorati musbat bo‘ladi. Bu
yerda 0°li izoterma 70° S sh.k gacha ko‘tariladi. U Skandinaviya yarim orolining
g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘ylab janubga meridional ravishda yo‘nalib Alp tog‘larining
g‘arbiy etaklarigacha keladi. Fransiyaning Atlantikabo‘yi tekisliklarida va
Britaniya orollarida yanvarning o‘rtacha harorati +7°S. Sharqqa tomon harorat
pasayib, Reyn vodiysida 0°S ni, Polshaning sharqiy qismida -3°S ni tashkil qiladi.
Bu ko‘rsatkichlar Kola yarim orolida -8°S,-10°S gacha va Sharqiy YYevropa
tekisligining sharqiy qismida -16°,-20°S gacha pasayadi. Eng yuqori qishki
haroratlar YYevropaning O‘rta dengiz rayonlari uchun harakterli. Yanvarping
o‘rtacha harorati janubiy yarim orollarning shimolida 0°S da janubida 10°, 12°S
gacha ko‘tariladi.
YYevropaning katta hududi atmosfera yog‘inlari bilan yaxshi ta’minlangan.
Lekin yillik yog‘ingarchilik miqdori, taqsimlanishi va namlanish harakteri ko‘proq
relefga bog‘liq. O‘rta YYevropa tekisligida o‘rtacha 550-750 mm, Markaziy
massivda 1000-1500 mm yog‘in tushadi. Alp, Pireney va Karpat tog‘ tizmalarida
namgarchilik miqdori bir muncha ko‘payib, ularning g‘arbiy yon bag‘rlarida 2000
m dan ham oshadi. Mumkin bo‘lgan bug‘lanish miqdori esa atiga 600-700 mm ni
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |