YER YUZASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI.
Yerning paydo bo‘lishi.
Yerning paydo bo‘lishi Quyosh sistemasining paydo bo‘lishi bilan bir
vaqtda sodir bo‘lgan. Shuning uchun ham Quyosh sistemasining paydo bo‘lishiga
tegishli g‘oya va ta’limotlar Yer uchun ham taalluqlidir. Aytilgan g‘oyalar
qo‘shimcha qilib ingliz olimi X.Jefrisning sayyoralar Quyosh gardishiga boshqa
yulduzning kelib urilishi natijasida paydo bo‘lgan degan fikrini, rus olimi
O.Yu.Shmidt va shved fizigi X.Alvinning sayyoralar Quyoshning galaktikadagi
gaz-changli bulutlarga ro‘para kelib, ular orqali o‘tganida gravitatsiya kuchi
ta’sirida moddalarni o‘ziga ergashtirib olishi oqibatida paydo bo‘lgan degan
fikrlarini aytib o‘tish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: