O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


AFRIKANING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

AFRIKANING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI. 

Tuprog‘i 

Afrika  yer  yuzasiniig  asosiy  qismi  tekis  relef  shaklidan  tarkib  topganligi, 

iqlim  mintaqalarining  ekvatordan  shimolga  va  janubga  qarab  almashinishi  tuproq 

qoplamining  zonal  tarqalishida  ham  o‘z  ifodasini  topgan.  Shu  boisdan  ekvatorial 

zonadan  shimolga  va  janubga  qarab  uzoqlashgan  sari  tuproq  tiplari  birin-ketin 

almashinib  boradi.  Ekvatorial  zonaning  qizil-sariq  laterit  tuproqlari  o‘zgaruvchan 

nam  o‘rmonlar  va  baland  o‘tli  savannalarning  qizil  laterit  tuproqlari  bilan,  tipik 

savannalarning  qizil-qung‘ir  tuproqlari  chullanayotgan  savannalarning  qizg‘ish-

qo‘ng‘ir tuproqlari bilan, tropik cho‘l tuproqlari materikning shimoliy va janubiy 

chekkalaridagi subtropik quruq o‘rmonlar va butazorlarnnng och tusli jigar rang va 

tipik jigar rang tuproqlari bilan almashinadi. 

Qizil-sariq  laterit  tuproqlar  ekvatorial  o‘rmonlar  zonasi  uchun  harakterli 

bo‘lib,  ular  g‘arbda  Gvineya  sohillaridan  sharqda  Sharqni  Afrika  yassi 

tog‘ligigacha  bo‘lgan  polosada  keng  tarqalgan.  Bunta  Kongo  xavzasining 

ekvatorial  qismn.  Liberiya,  Gana,  Nigeriya  va  Kamerunning  Gvineya  ko‘ltig‘i 

sohillaridagi  qismi  qaraydi.  Qizil-sariq  tuproqlarning  katta  massivi  Madagaskar 

orolining  atmosfera  yog‘inlari  ko‘p  tushadigan  sharqiy  qismida  ham  uchraydi. 

Ekvatorial  zona  uchun  qalin  qatlamli  tuproqlar  harakterli.  Bunga  sabab,  bu  yerda 

nuragan jinslar, birlamchi minerallar nam va issiq iqlim sharoitida bemalol chirish 

imkoniga ega. 

Qizil-sariq  laterit  tuproqlar  zonasidan  shimolda  va  janubda  mavsumiy  nam 

tropik o‘rmonlar zonasida va baland o‘tli savannalarda qizil laterit tuproqlar keng 

tarqalgan. Qizil laterit tuproqlar geografiyasi ekvatordan shimolda Atlantika okeani 

sohillaridan  boshlanib  Chad  ko‘ligacha  kenglik  bo‘ylab  davom  etadi.  Bu  tuproq 

tipi  Gvineyaning  sharqiy  qismini,  Gananing  shimoliy  qismini,  Nigeriyaniig  katta 

maydonini egallab olgan. Afrikaning sharqiy qismida qizil laterit tuproqlar zonasi 

bir  muncha  torayadi.  Bu  yerda-  unta  ekvatorial  Afrikaning  janubi-sharqiy  va 

Sudanning  eng  janubiy  kqsmlari  qaraydi.  Janubda  qizil  laterit  tuproqlar  zonasiga 

Kongo  xavasining  janubiy  qismi,  Shimoliy  Rodeziyaning  shimoli-sharqiy  qismi, 

Tanganika va Keniyaning katta hududi qaraydi. 

Yekvatordan  shimolga  va  janubga  qarab  uzoqlashgan  sari  iqlimi 

kontinentallashib boradi va qizil tuproqlar zonasidan keyin joylashgan quruq tropik 

o‘rmonlar, siyrak o‘rmonlar va butalar o‘sadigan savannalarda jigar rang-qizil va 

qo‘ng‘ir tuproqlar hosil bo‘lgan. Ularda qizil tuproqlarga nisbatan gumus qatlami 

uncha  qalin  emas,  150-200  sm  chuqurlikda  karbonatli  birikmalar  (konkresiyalar) 

uchray  boshlaydi.  Jigar  rang-qizil  tuproqlar  ekvatordan  janubda  Angolada, 

Shimoliy  Rodeziyada  hamda  Tanganika  va  Keniyada  uchraydi.  Qizil-qo‘ng‘ir 

tuproqlar Afrikaning shimoliy qismida tor polosa hosil qilib, materikning g‘arbida 

Atlantika  okeani  sohilidan,  Senegal  daryosining  quyi  oqimini  shimolrog‘idan 

boshlanib,  sharqda  Nil  daryosining  o‘rta  oqimini  va  Atbara  daryosining  quyi 

oqimidan kesib o‘tib Qizil dengiz sohiligacha davom etadi. 

Jigar rang-qizil va qizil-ko‘ng‘ir tuproqlar orasida qora tropik tuproqlar ko‘p 

uchraydi.  Qora  tuproqlar  gidromorf  va  litomorf  turlarga bo‘linadi.  Ular  unumdor 

tuproqlar bo‘lib, tarkibida 2% dan ko‘proq chirindi mavjud. Qora tuproqlar Ok Nil 




va  Shari  daryolarining  havzalaridagi  tekisliklarda,  Mozambikda  va  Janubiy 

Afrikaning Baland Veld rayonida yaxshi rivojlangan. 

Materikning  shimoliy  va  janubiy  qismlarida  qizil-qo‘ng‘ir  tuproqlar 

zonasidan keyin tropik va subtropik cho‘l tuproqlari joylashgan. Shimoliy Afrikada 

tropik va subtropik cho‘l to‘proqlari Janubiy Afrikaga nisbatan keng tarqalgan va 

katta  maydonin  egallab  olgan.  Bu  yerda  cho‘l  tuproqlari  keng  polosa  hosil  qilib, 

materikning g‘arbidan sharqigacha to‘liq kesib o‘tgan. Bunga asosan Sahroi Kabir 

cho‘li  qaraydi.  Janubiy  Afrikada  tropik  va  subtropik  cho‘l  tuproqlari  kichikroq 

maydonni  egallab,  ular  Oranjevaya  daryo  vodiysi  bilan  Karru  platosi  oralig‘ida, 

Oranjevaya  daryosi  havzasida,  Janubi-G‘arbiy  Afrikaning  Atlantika  okeani  sohili 

bo‘lib keng tarqalgan.  


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish