O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Daryolari.  Afrikannng  eng  yirik  daryo  tizimlariga  Nil,  Kongo,  Niger, 

Zambezi,  Oranjevaya  daryolari  kiradi.  Bu  daryolarning  ko‘pchiligi  Afrika 

platformasining  chekkalarida  yaqinda  vujudga  kelgan  tog‘  tizmalari  va  yassi 

tog‘lik ko‘tarilmalari bilan o‘ralgan yirik botiqlardan oqib o‘tadi. Bu ko‘tarilmalar 

erozion  jarayonlarni  ancha  jonlantirib,  yirik  daryo  vodiylarida  ko‘plab  tosh 

ostonalarini va sharsharalarni hosil qilgan. 




Nil materikning eng uzun daryosi bo‘lib, janubdan shimolga qarab 6671 km 

masofaga  cho‘zilgan,  havzasining  maydoni  2870  ming  km

2

  ga  teng.  Uning 



o‘rtacha  yillik  suv  sarfi  Asvon  yaqinida  2600  m

3

/sek.  ni  tashkil  etadi.  Ba’zi 



yillarda  minimal  suv  sarfi  500  m

3

/sek.  dan,  maksimal  suv  sarfi  15000  m



3

/sek. 


gacha o‘zgarib turadi. U dunyodagi eng uzun daryo ham hisoblanadi. 

Nil  daryosining  manbasi  ekvatordan  janubda  Sharqiy  Afrika  yassi 

tog‘ligining  2000  m  dan  balandroq  qismidan  o‘z  suvini  oluvchi  Kagera  daryosi 

hisoblanadi.  Bu  daryo  avvalo  Viktoriya  ko‘liga  quyiladi.  Ko‘lda  Viktoriya-Nil 

nomi  bilan  oqib  chiqib,  Koga  ko‘li  orqali  o‘tadi  va  Mobutu-Sese-Seko  (Albert) 

ko‘liga  quyiladi.  Bu  ko‘ldan  Albert-Nil  nomi  bilan  oqib  chiqib  to  Oq  Nil 

botig‘igacha  tipik  tog‘  vodiysini  hosil  qiladi.  Vodiyning  bu  qismida  bir  necha 

ostonalar  va  sharsharalar  mavjud  bo‘lib,  bulardan  eng  yirigi  Merchison 

sharsharasidir. Uning balandligi 40 m ga yetadi. 

Daryo yassi tog‘likdan keng va yassi botiqqa Bahr-yel-Jabal nomi bilan kirib 

kelib  tarmoklarga  bo‘linadi  va  juda  sekin  oqadi.  Bu  yerda  eng  yirik  Bahr-yel-

G‘azal  va  Sobat  irmoqlari  birlashib  Oq  Nil  (Baxr-yel-Ab’yad)  daryosini  hosil 

qiladi. Hartum yakinida Ok Nil bilan Ko‘k Nilning birlashishidan Nil (Yel-Bahr) 

daryosi hosil bo‘ladi. Ko‘k Nil Ok Nilga nisbatan qisqaroq. U Efiopiya tog‘ligidan 

boshlanadi. Boshlanish qismida Tana ko‘lidan oqib chiqadi. Hartumdan shimolda 

Nilga  Efiopiya  tog‘ligidan  boshlanuvchi  eng  so‘nggi  irmoq  Atbara  kelib 

ko‘shiladi. 

Nil  o‘rta  oqimida  qattiq  qumtoshlardan  tarkib  topgan  platoni  kesib  o‘tadi, 

shu  sababli  bu  yerda  ham  ostona  toshlar  ko‘p  uchraydi.  Faqat  Hartum  va  Asvon 

shaharlari  o‘rtalig‘ida  oltita  ostona  mavjud.  Asvon  to‘g‘on  qurilgandan  keyin 

daryoda  kema  qatnovi  ancha  yaxshilandi.  Nil  o‘z  suvini  O‘rta  dengizga  quyadi. 

Quyilish joyda maydoni 24000 km2 ga teng bo‘lgan delta hosil qiladi. Nil deltaga 

kelib 9 ta katta va kuplab mayda tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Nil ekinzorlarga va 

suv  omborlariga  har  yili  62  mln  m3  unumdor  loyqa  keltiradi.  Uning  vodiysida 

birgina Misrning 97% aholisi yashaydi. 

Nil  daryosi  Birlashgan  Arab  Respublikasi,  Sudan,  Efiopiya,  Uganda  va 

Tanzaniya mamlakatlari hududidan oqib o‘tib, ularning xo‘jaligida katta ahamiyat 

kasb  etadi.  Daryo  havzasida  yashaydigan  barcha  aholi  juda  qadim  zamonlardan 

beri  uning  suvidan  hosildor  yerlarni  sug‘orishda  foydalanib  kelgan.  Nil  ekin 

maydonlariga  nafaqat  suv,  balki  toshqin  paytlarida  keltirgan  unumdor  loyqa 

yordamida  ozuqa  ham  beradi.  Nil  oqimini  tartibga  solish  va  dalalarni  suv  bilan 

ta’minlash maqsadida to‘g‘onlar, suv omborlari kurilgan, kanallar qazilgan. 



Kongo  daryosi  Afrikada  uzunligi  jihatdan  Nildan  keyin  ikkinchi  o‘rinda 

turadi. Uning uzunligi Luatabu irmog‘i manbasidan 4320 km, Chambeshi irmog‘i 

manbasidan 4700 km, havzasining maydoni 3,7 mln km

2

. O‘rtacha yillik suv sarfi 



40000 m

3

/sek. ni tashkil etadi. Bu Nilning o‘rtacha suv sarfidan 15 hissa ko‘pdir. 



Kongo  daryosi  havzasining  maydoni  va  sersuvligi  jihatidan  Afrikada  birinchi  va 

dunyoda  Amazonkadan  keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Kongo  Zair  Respublikasi 

hududida Zair daryosi deb ataladi. 

Kongo shimoliy va janubiy yarim sharlardan oqib, ekvatorni ikki joyda kesib 

o‘tadi  va  yil  davomida  to‘lib  oqadi.  Daryo  tog‘liklardan  va  platolardan  oqib 



o‘tganligi  tufayli  unda  ostona  toshlar  hamda  sharsharalar  juda  ko‘p.  Ayniqsa  u 

quyi oqimida kristall jinslarni kesib o‘tib, Livingston sharsharalari deb atalgan 32 

ta  sharshara  hosil  qilgan.  Ekvatorni  kesib  o‘tgan  yuqori  oqimida  esa  Stenli  deb 

nomlangan  7  ta  sharshara  hosil  qilgan.  Kongo  daryosining  o‘rta  oqimi  botiq 

hududida  keng  vodiy  hosil  qilib  sekin  oqadi.  Daryo  o‘zani  ayrim  joylarda 

ko‘ndalangiga  20  km  ga  kengayib  ko‘lsimon  vodiylarni  hosil  qiladi.  Kongoning 

o‘rta  oqimiga  Ubangi,  Sanga,  Ruki,  Kasai  kabi  yirik  irmoqlari  kelib  qo‘shiladi. 

Kongoning  Nil  daryosidan  farqi  shundaki,  u  Atlantika  okeaniga  quyilish  joyida 

delta  emas,  balki  kengligi  15-19  km  gacha  yetadigan  estuariy  hosil  qiladi.  Uning 

chuqur  o‘zani  Atlantika  okeani  tagida  suv  osti  vodiysini  hosil  qilib,  150  km 

ichkargacha oqib boradi. 

Kongo  daryosi  yirik,  sersuv  bo‘lishiga  va  yil  bo‘yi  to‘lib  oqishiga 

qaramasdan kemalarning qatnovi uchun ancha noqulay. Ostona va sharsharalarning 

ko‘pligi daryoning transport ahamiyatini pasaytiradp. Birgina Kinshasa va Matadi 

shaharlari  oralig‘idagi  350  km  masofada  70  ga  yaqin  ostona  va  sharsharalar 

uchraydi.  Bunday  holat  Kongo  daryosini  gidroenergiya  resurslariga  nihoyat 

darajada boy ekanligidan dalolat beradi. 

Niger  daryosi  Afrikada  Nil  va  Kongo  daryolaridan  keyin  uchinchi  o‘rinda 

turadi.  Lekin  shunga  qaramasdan  u  dunyodagi  yirik  daryolar  qatoriga  qo‘shiladi. 

Uning uzunligi 4160 km, havzasining maydoni 2 mln km

2

. O‘rtacha yillik suv sarfi 



12000  m

3

/sek.  ga  teng.  Niger  daryosi  Atlantika  okeaniga  yaqin  joylashgan 



Shimoliy  Gvineya  balandliklaridan  boshlanadi.  Boshlanish  joyidan  shimoli-sharq 

tomonga  qarab  oqadi  va  Sahroi  Kabir  chegarasiga  borib,  janubi-sharqqa  qarab 

buriladi.  Bu  yerda  sharq  tomondan  Jos  platosi  va  Adamava  tog‘laridan  oqib 

keladigan Nigerning chap irmoqlari bo‘lmish Sokota, Kaduma va Benue daryolari 

kelib  qo‘shiladi.  Niger  Gvineya  qo‘ltig‘iga  quyilish  joyida  delta  hosil  qiladi. 

Daryoning yuqori va quyi irmoqlarida ostona va sharsharalar ko‘p, o‘rta oqimi esa 

tekislik  harkteriga  ega.  Niger  daryosining  katta  kismi  qurg‘oqchil  yerlardan  oqib 

o‘tadi.  Shuning  uchun  yerlarni  sug‘orishda  daryoning  ahamiyati  katta.  Ayniqsa 

Niger  daryosi  suvidan  Sahroi  Kabirga  chegaradosh  bo‘lgan  rayonlarda  obikor 

dehqonchilikda keng foydalaniladi. Bu yerda to‘g‘onlar qurilgan, kanallar qazilgan 

va shu asosda yirik sholikor xo‘jaliklar barpo etilgan. 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish