O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Subtropik  mintaqalar.  Afrikaning  shimoliy  va  janubiy  chekka  qismlari 

subtropik  mintaqalarda  joylashgan.  Subtropiklarda  Quyosh  issiqligi  ancha 

kamayadi. Harorat va yog‘ingarchilik fasllarga qarab o‘zgaradi. Yoz issiq, qish esa 

nisbatan iliq bo‘ladi. O‘rta dengiz sohillarida iyulning o‘rtacha harorati 27°, 28°S 

ga, yanvarning o‘rtacha harorati 11°,12°S ga teng. Janubda Kap qirg‘oqlarida issiq 

oyning o‘rtacha harorati 21°S dan, salqin oyning o‘rtacha harorati 13°, 14°S dan 

oshmaydi.  Afrikaning  shimolida  va  janubi-g‘arbida  yoz  juda  qurg‘oqchil  va  qish 

ancha  sernam  keladi.  Bunga  sabab  shuki,  yozda  subtropik  mintaqalarda  baland 

haroratli va yomg‘irsiz barqaror tropik antitsiklonlari hukmronlik qiladi, qishda esa 

g‘arbiy  shamollar  okeandan  mo‘’tadil  kengliklarga  xos  havo  massalarini  olib 

keladi. 

Afrikaning  janubi-sharqiy  qismida  subtropik  iqlimning  shakllanishi 

boshkacha  harakterdagi  qonuniyatga  ega.  Qishda g‘arbiy  shamollar  tog‘  to‘siqlari 

tufayli  materikning  janubi-sharqiy  sohillarigacha  yetib  bora  olmaydi.  Shuning 

uchun  qishda  yog‘ingarchilik  miqdori  bu  yerda  bir  oz  kamayadi.  Yozda  butun 

janubi-sharqiy qirg‘oq bo‘ylab Hind okeanidan katta mikdorda yog‘ingarchilik olib 

keladigan nam havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababli Drakon tog‘larining 

sharqiy yon bag‘rlariga yomg‘ir ko‘p tushadi. Yog‘ingarchilik yil bo‘yi takrorlanib 

turadi.  Binobarin,  janubiy  subtropik  mintaqaning  janubi-g‘arbiy  qismi  uchun  yoz 



quruk subtropik iqlim tipi va janubi-sharqiy qismi uchun nam subtropik iqlim tipi 

harakterli.  Afrikaning  iqlim  sharoiti  qimmatbaho  madaniy  tropik  o‘simliklarini 

yetishtirishga  qulaylik  tug‘diradi.  Issiqlik  resurslari  mo‘l  bo‘lgan  joylarda  kofe, 

kakao, xurmo, zaytun, sitruslar yetishtiriladi. Sharqiy Afrika yassi tog‘ligida va Nil 

daryosi  havzasida  paxta,  choy,  apelsin,  limon,  bug‘doy,  sabzavotlar  va  boshqa 

qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladi. Ammo materikning juda katta qismida atmosfera 

yog‘inlari juda kam bo‘ladi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga imkon bermaydi. 

Faqat cho‘llardaga vohalarda obikor dehkonchilik qilish mumkin. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish