O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

Tekshirilish tarixi 

YYevropa  va  Osiyo  mamlakatlarining  xalqlari  Afrikaga  eng  qadimgi 

davrdan  qiziqib  kelganlar.  Finikiyaliklar  va  qadimgi  greklar  Afrikaning  shimoliy 

va shimoli-sharqiy sohillarini azaldan yaxshi bilishgan. 




Miloddan  oldingi  XIII  asrda  qadimgi  feklar  Suvaysh  bo‘ynidan  to  Sidra 

qo‘ltig‘igacha bo‘lgan Afrika qirg‘oqlarini suzib o‘tishgan, Nil daryosining yuqori 

oqimidagi beshinchi ostonagacha 2000 km masofaga kirib borishgan, Arabiston va 

Nubiya  cho‘llari  bilan  tanishgan.  Finikiyaliklar  miloddan  oldingi  VIII  asrda 

Afrikaning  shimoliy  qismidagi  Sidra  va  Gabes  qo‘ltiqlaridan  suzib  o‘tib 

Tunisgacha borganlar. 

Rim imperiyasining dengizchilari miloddan 100 yil oldin Afrikaning sharqiy 

qirg‘oqlari  bo‘ylab  suzib  Zanzibar  oroshgacha  borgan.  Sayyohlardan  biri  Diogen 

Oq  Nil  daryosining  boshlanishidagi  buyuk  ko‘llar  va  qorli  tog‘lar  to‘g‘risida 

ma’lumotlar  to‘plab,  ularni  Oydin  tog‘lar  deb  atagan.  Ana  shu  ma’lumotlarni 

Ptolemey  o‘z  tavsiflarida  keltirgan.  Shu  asosda  Afrikaning  qadimgi  haritasida 

Oydin tog‘lar va ko‘llar tasvirlangan. 

Milodimizning  boshlarida  indoneziyalik  sayyohlar  Hind  okeanini  sharqdan 

g‘arbga  tomon  kesib  o‘tib,  Madagaskar  orolini  kashf  etdilar.  VIII  asr  o‘rtalarida 

arab  sayyohlari  Hind  okeanining  g‘arbiy  qismida  suzib,  Mozambik  bo‘g‘oziga 

kirish  joyda  Komor  orollarini  kashf  etadi  va  Madagaskar  oroliga  kelishadi. 

Keyinchalik  1420  yillar  atrofida  Janubiy  Afrikani  aylanib  o‘tib,  Oranjevaya 

daryosining quyi oqimigacha kelib, bu joylar bilan tanishadi. 

Taniqli  arab  sayyohi  va  geografi,  marokkalik  Ibn  Batuta  (Abu  Abdulloh 

Muhammad  ibn  Abdulloh  al-Lavoti  at-Tanjiy)  1352-53  yillarda  G‘arbiy  Sahroi 

Kabirni shimoldan janubga qarab kesib o‘tadi. Safardan qaytishda Janubiy Sudan 

orqali Air platosini, Markaziy Sahroi Kabir orqali Axattar tog‘ligini, Aljir Sahroi 

Kabirini  kesib  o‘tib,  bu  regionlar  to‘g‘risida  ko‘plab  geografik  ma’lumotlar 

to‘playdi. 1447 yilda genuyalik A.Malfante Saxroi Kabirning ichki qismidagi Tuat 

vohasigacha,  1469  yilda  florensiyalik  sayohatchi  B.Dei  Sahroi  Kabirning 

Tombuktu vohasigacha kirib borishgan. 

XV  asrga  kelib  portugallarning  faol  harakati  boshlanadi.  Ular  o‘sha  davrda 

Hindiston  boyliklari  to‘g‘risida  to‘qilgan  afsonalarga  asoslanib,  bu  boy  o‘lkaga 

boradigan  dengiz  yo‘lini  qidira  boshlaydilar.  Potugallar  XV  asr  dovomida 

Afrikaning  g‘arbiy  sohillarini  tekshiradilar.  Keyinchalik  materikning  janubiy 

chekkasini  aylanib,  sharq  tomonga  o‘tadilar.  Portugaliyalik  sayyohlardan  mohir 

dengizchi  Vasko  da  Gama  1498  yilda  Hindistonga  dengiz  yo‘lini  ochdi.  U 

materikning janubiy va sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib o‘tib Hind okeanini kesib 

o‘tadi va Hindistonning janubiy qirg‘oqlariga borib yetadi. Lekin o‘sha paytdarfda 

Afrikaning  faqat  qirg‘oq  qiyofalari  o‘rganilib  va  aniqlanib,  uning  ichki  rayonlari 

to‘g‘risidagi ma’lumotlar yYevropaliklar uchun noma’lum edi. 

YYevropaliklar  Afrikaning  ichki  rayonlarini  tadqiq  etishni  XIX  asrda 

boshlashdi.  Shu  asrning  o‘rtalarida  taniqli  ingliz  tadqiqotchisi  David  Livingston 

materik  ichkarisiga  bir  necha  marta  sayohat  qildi.  Bu  sayyoh  tadqiqot  ishlarini 

asosan  Janubiy  Afrikada  olib  bordi.  D.  Livingston  Kalahari  cho‘lini,  Zambezi 

daryosini, Kongo daryosining yuqori oqimini tekshirdi. 1859-61 yillarda Viktoriya 

va Nyasa ko‘llarini topib, ularning geografik va gidrologik ta’rifini yozib tugatdi. 

Zambezi daryosidagi go‘zal sharsharani topib, unga Viktoriya nomini berdi. 1867-

72 yillarda Tanganika ko‘lini tadqiq etishni davom etdirib, Lualabu daryosini kashf 




etdi.  Shunday  qilib,  Livingstonning  Janubiy  Afrikada  olib  borgan  tadqiqotlari 

geografiya fanini yangi va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitdi. 

Afrika  tabiatini  va  halqlari  hayotini  tadqiq  etishda  rus  sayyohlari  ham 

ishtirok  etishgan.  XIX  asr  oxirida  V.V.Yunker  Markaziy  va  Sharqiy  Afrikaga 

sayohat qilib, materikning tabiati va aholisi haqida kiziqarli ma’lumotlar to‘pladi, 

topografik  ishlarni  amalga  oshirdi,  gidrologik  va  meteorologik  kuzatishlar  olib 

bordi,  Materikning  shimoli-sharqiy  qismini  tekshirishda  fransiyalik  aka-uka 

Antuan  va  Arno  Abbadilar  (1837-48  yillar),  rus  sayyohlari  Ye.P.Kovalevskiy 

(1847-48  yillar)  va  A.V.Yeliseevlar  (1883-85  yillar)  ishtirok  etdilar.  1888  yilda 

vengriyalik  sayohatchi  Sh.Teleki  Sharqiy  Afrikada  tadqiqot  ishlari  bilan 

shug‘ullanib, Kilimanjaro vulkanidan shimol tomonga Keniya tog‘lari orqali kesib 

o‘tib Rudolf ko‘lini kashf etdi. 

N.I.Vavilov  rahbarligidagi  ilmiy  safar  xodimlari  1926-1927  yillarda 

materikning shimoli-sharqiy  qismlarida  madaniy  o‘simliklarni o‘rganib, 6000  dan 

ortiq  namuna  to‘pladilar.  Shu  bilan  birga  N.I.Vavilov  Xabashiston  bir  qancha 

madaniy  o‘simliklarning,  ayniksa  qimmatli  bug‘doy  navining  vatani  ekannni 

aniqladi.  


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish