O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

 

 

Geologik tuzilishi 

 

Afrikaning  geologik  tuzilishi  Yevrosiyo  materigining  geologik  tuzilishiga 

nisbatan  ancha  oddiyroq,  murakkab  geotektonik  strukturlar  kam  uchraydi.  Lekin 

shunga  qaramasdan  u  barcha  materiklar  singari  o‘zining  juda  uzoq  davom  etgan 

geologik va tektonik rivojlanish tarixiga ega. 

Materikning  shimoli-g‘arbidagi  Atlas  tog‘lari,  janubidagi  Kap  tog‘laridan 

tashqari  hamma  qismi,  Madagaskar  oroli  va  materikka  shimoli-sharq  tomondan 

tutash  bo‘lgan  Osiyoning  Arabiston  yarim  oroli  hududlari  Afrika  (Afrika-

Arabiston)  platformasini  tashkil  etadi.  Chunki  bu  regionlar  qadimgi  Gondvana 

materigining  tarkibiy  qismlari  bo‘lib, ularning  zaminini asosan  kembriydan  oldin 

vujudga kelgan kristall jinslar tashkil etgan.  

Afrika platformasining poydevori materik hududining ko‘pchilik rayonlarida 

yer  yuzasiga  chiqib,  o‘zining  ifodasini  relef  shakllarida  topgan.  Platformaning 

ko‘tarilgan  qismlari  arxey  erasining  oxirlarida  vujudga  kelgan.  Kristall 

poydevorning  asosiy  ko‘tarilmalari  materikning  chekka  qismlarida  ikkita  polosa 

hosil kilib joylashgan. Birinchi katta polosa sharqda Kizil dengiz va Adan qo‘ltig‘i 

sohillaridan 

boshlanib, 

materikning 

eng 


janubi-sharqiy 

Hind 


okeani 

qirg‘oqlarigacha  davom  etadi.  Ikkinchi  polosa  g‘arbda  Gvineya  qo‘ltig‘i  va 

Atlantika okeani qirg‘oqlari bo‘ylab cho‘zilgan. Bulardan tashqari ayrim mustaqil 

ko‘tarilmalar  Afrikaning  ichki  rayonlarida-Saxroi-Kabirda,  Rodeziyada,  Nil 

daryosining  yuqori  qismida  uchraydi.  Bu  ko‘tarilmalarning  yoshini  geologlar 

o‘rtacha 2 mlrd yilga teng deb hisoblashadi. Arxey poydevoridan ko‘tarilib turgan 

va  yer  yuzasiga  chiqib  qolgan  balandliklar  kuchli  burmalangan,  metamorflashgan 

va  intruziv  jinslardan  tarkib  topgan.  Bularni  asosini  tashkil  etuvchi  chukindi 

jinslarning  yoshi  2,8-3,3  mlrd  yilga  teng  bo‘lib,  ular  platformadan  oldingi 

geosinklinal  zonada  hosil  bo‘lgan.  Dastlabki  paytda  bu  jinslar  suv  osti  vulkan 




lavalari va tuflari, ohaktoshlar, gillar, qumlar bo‘lib, arxeyning oxirida kristall va 

metamorfik jinslarga, slaneslarga, kvarsitlarga va marmarlarga aylangan.  

Geosinklinal  zonadagi  dengiz  sathidan  ko‘tarilib  turgan  quruqliklar  nurash 

natijasida yemirilib va yuvilib qumoq, shag‘al toshli cho‘kindi jinslar hosil qilgan. 

Bu yotkiziqlar platformaning bushlangan joylarini to‘ldirib, kristall poydevorninng 

yuza  qismini  qoplab  olgan.  Keyinchalik  bu  cho‘kindi  jinslar  geologik  jarayonlar 

natijasida  kvarsit  va  konglomeratlarga  aylangan.  Xuddi  shunday  Sahroi  Kabirda, 

Gvineya  qo‘ltig‘ining  shimoliy  sohili  bo‘ylab  joylashgan  qadimiy  kristall  jinslar 

katta parchalarga bo‘linib, ular oralig‘ida vujudga kelgan va meridional yo‘nalgan 

cho‘kmalarda ham dengiz va kontitengal cho‘kindi jinslar hosil bo‘lib, keyinchalik 

ular burmalangan va metamorflashgan. 

Proterozoy  erasining  boshlariga  kelib  Afrika  platformasining  umumiy 

qiyofasi  shakllanadi.  Endigina  shakllangan  platformada  janubi-g‘arbdan  shimoli-

sharqqa tomon  yo‘nalgai  yangi  geosinklinal  mintaka  vujudga  keladi.  Bu  mintaka 

Kongoning  shimoli-sharqidan  Ruanda  Burundi  va  Uganda  orqali  Tanganikagacha 

cho‘zilgan  bo‘lib,  u  asosan  qumoq  va  gilli  cho‘kindi  jinslar  bilan  to‘lgan.  Bu 

mintaqaning  faol  rivojlanish  tarixi  bundan  1400  mln  yil  avval  burmalanish, 

metamorflanish  va  granitlarning  cho‘kindi  jinslar  orasiga  yorib  kirish  jarayonlari 

bilan yakunlangan. 

Proterozoyning  oxirida  qadimgi  Rodeziya  massividan  shimoli-g‘arbda 

platformaga turtib kirib turgan Katanga geosinklinal mingaqasi vujudga kelgan. Bu 

mintaqa  Katanga  guruhi  deb  atalgan  kvarsit,  gilli  slanes,  ohaktosh  va 

dolomitlardan iborat cho‘kindi jinslar kompleksidan tarkib topgan. Mintaqa uchun 

tillitlar ham harakterli. 

Geosinklinal  mintaqalarning  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtda  materikning 

markaziy  rayonlarida,  Afrika  platformasining  qadimgi  chekkalarida  yuqori 

proterozoyning  platformali  cho‘kindi  jinslari-qumtoshlar,  gillar,  stromatolitli 

ohaktoshlar  va  tillitlarning  to‘planishi  davom  etgan.  Bunday  cho‘kindi  jinslar 

Sahroi Kabir va Sudanning g‘arbidagi Taudenni sineklizasida, Janubiy Afrikaning 

Kalahari  cho‘kmasida  va  Kongo  botig‘ining  shimoli-sharqiy  qismida  ham  hosil 

bo‘lgan. 

Quyi  va  o‘rta  paleozoyda  Sharqiy  Afrika  o‘zining  ko‘tarilgan  holatini  va 

kontinental  rejimini  saqlab  qolgan.  Shimoli-g‘arbiy  Afrika,  Sahroi  Kabirning 

g‘arbiy qismi dengiz bilan qoplangan. Shu davrda Atlas geosinklinali va platforma 

sineklizalari  faol  taraqqiy  etgan.  Vujudga  kelgan  Tinduf,  Taudenni,  Retgana, 

Murzuk  kabi  sineklizalarni  bir-biridan  platformaning  ko‘tarilgan  massivlari 

Antiatlas,  Regibat,  Tuareg  va  boshqa  burmalangan  zonalar  hamda  anteklizalar 

ajratib turgan. Paleozoyning cho‘kindi jinslari asosan qumtoshlardan, gillardan va 

ohaktoshlardan  tarkib  toptan  Zulib,  ularning  qalinligi  Atlas  geosinklinal  zonasida 

keskin ortib borgan. 

Shunday  qilib,  arxeydan  boshlab  paleozoyning  o‘rtalarigacha  bo‘lgan 

geologik taraqqiyot davrida Afrika platformasining Regibat, Tuareg, Tibesti, Leon-

Liberiya,  Nubiya-Arabiston,  Tanganika,  Rodeziya,  Madagaskar  kabi  qalqon  va 

anteklizalari  hamda  Tinduf,  Senegal,  Taudenni,  Murzuk,  Liviya-Misr,  Quyi  Nil, 




Somali,  Nigeriya,  Kongo,  Okavango,  Kalahari,  Karru,  Chad  kabi  sineklizalari 

to‘liq shakllandi. 

Karbonning  o‘rtalarida  Atlas  geosinklinal  zonasida  burmalanish  jarayoni 

sodir bo‘lib, Atlas tog‘lari vujudga keladi. Janubiy Afrikada ham yirik o‘zgarishlar 

bo‘lib,  botiqlarning  (Kongo,  Kalahari,  Karru)  qiyofasi  qisman  o‘zgaradi.  Permda 

Mozambik bukulmasi hosil bo‘lib, Madagaskar orolini materikdan ajratib qo‘yadi. 

Triasning  oxirida  burmalanish  va  ko‘tarilishlar  materikning  eng  janubidagi  Kap 

zonasini qamrab olib, Kap tog‘larini vujudga keltiradi. 

Afrika  hududi  oligotsendan  boshlab  umumiy  ko‘tarilish  bosqichiga  qadam 

qo‘yadi.  Yangi  ko‘tarilish  bosqichi  ayniqsa  materikning  sharqiy  qismida  shiddat 

bilan  davom  etib,  Sharqiy  Afrika  va  Efiopiya  tog‘liklarini  hosil  qiladi.  Bu  yerda 

ilgari  vujudga  kelgan  uzilmalar  va  yoriqlar  zonasi  uzil-qesil  shakllanib,  uzoq 

masofaga  cho‘zilgan  ko‘p  tarmoqli  grabenlarni  barpo  etadi.  Qizil  dengiz,  Adan 

qo‘ltig‘i, Sharqiy Afrikadagi yirik ko‘llar Rudolf, Tanganika, Nyasa va boshqalar 

ana  shu  grabenlarda  vujudga  kelgan.  O‘sha  davrda  tektonnk  yoriqlar  harakatiga 

shiddatli  vulkanlar  faoliyati  hamrohlik  qilgan.  Avvalo  yoriqlar  tipidagi  bazaltlar 

oqib chiqib tog‘liklarni, neogenga kelib markaziy tipdagi ulkan vulkanik tog‘larni 

yaratgan. Jumladan Kilimanjaro, Keniya, Meru, Nyamlagira, Niragonga va boshqa 

vulkanlar vujudga kelib, ularning ayrimlari xozir ham faol harakat qilib turadi. 

Alp  burmalanishi  davrida  (neogen  va  antropogen  davrlar)  yosh  vulkanizm 

materikning g‘arbiy qismida ham meridponal polosa buylab namoyon bo‘lgan. Bu 

polosa  Gabes  qo‘ltig‘idan  boshlanib,  Axaggar  massivi  orqali  Kamerungacha  va 

undan Angolagacha davom etadi. Ikkinchi vulkanlar polosasi Gvineya qo‘ltig‘idagi 

vulkanik  orollardan  boshlanib  to  Tibesti  vulkan  massivigacha  cho‘zilgan.  Yosh 

vulkanlar  G‘arbiy  Afrika  sohillarida,  Senegal  va  Liberiya  hududlarida  ham 

uchraydi. 

 Oligotsenning  boshlarida  Afrikaning  deyarli  hamma  qismi  quruklikka 

aylangan  bo‘lib,  dengiz  sharoiti  faqatgina  materikning  shimoli-g‘arbiy 

chekkasidagi Rif-Tel geosinklinalida hamda shimolda Liviya va Misrning qirg‘oq 

polosasida  saqlanib  qolgan.  Miotsenda  yuz  bergan  burmalanish  natijasida 

Afrikaning  shimoli-g‘arbidagi  va  shimolidagi  suv  havzalari  butunlay  chekini, 

ularning  quruqlik  egallaydi.  So‘nggi  burmalanish  Atlas  Tog‘larining  janubiy 

zonalarini ham qamrab oladi. 

Afrikaning g‘arbiy va sharqiy qismlarida tog‘ hosil bo‘lish jarayoni hozirga 

qadar  ham  o‘z  faoliyatini  yangi  tektonik  harakatlar  shaklida  davom  ettirib 

kelmoqda.  Vulkanlarning  vaqti-vaqti  bilan  otilib  turishi  va  kuchli  zilzilalarning 

takrorlanib  turishi  buning  isbotidir.  Materikda  yangi  tektonik  harakatlarning 

intensivligini  regional  xususiyatga  ega  ekanligi  shundan  iboratki,  Afrikaning 

sharqiy  va  g‘arbiy  hududlari  uchun  kuchli  seysmik  harakatlar  harakterli  bo‘lsa, 

shimoliy,  markaziy  va  janubiy  hududlari  uchun  kuchsiz  seysmik  harakatlar 

harakterlidir. 

Antropogen  davrida  Afrika  hududi  Yevrosiyo  va  Shimoliy  Amerika 

materiklaridan farq qilib qoplama muzlik ta’sirida bo‘lmagan. Lekin o‘sha davrda 

yuz  bergan  iqlimiy  o‘zgarishlar  natijasida  vujudga  kelgan  plyuvial  (muzliklar 




davriga to‘g‘ri keladi) va qurg‘oqchil (muzliklararo davrga to‘g‘ri keladi) epoxalar 

galma-gal almashingan. 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish