Tog’-vodiy shamoli — tog’li ulkalarda tunda tog yonbag’ri va vodiy
bo’ylab pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag’ir bo’ylab yuqori tomon
esuvchi shamol. T. v. sh. havoning tog’lar bilam atrofdagi tekisliklarda va vodiy
tagi: bilan yoybag’irda turli darajada: isishi hamda tunda tog’larda va yonbag’rida
tez sovib ketishi natijasida bir xil balandlikda havo bosimida tafovut vujudga
kelishi oqibatida hosil bo’ladi.
Tog’ daryosi — tog’lardagi muz, qor va buloq suvlaridan boshlanib,
shovullab tez oqadigan daryolar. Tog’ daryolarida ostona va sharsharalar ko’p
bo’ladi. Ko’pincha tor vodiylar, daralarda oqadi. M., Piskom, Chotqol, Ugom va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |