Fenologiya (yunoncha «fenomena»— xodisa, «logos»— fan) — yil
fasllarining almashishini va ob-havoning o’zgarishi munosabati bilan organik va
anorganik tabiatning mavsumiy o’zgarib borishini o’rganadigan fan; Mas.,
suvlarning muzlash va muzdan tushish, o’simliklarning kurtak chiqarish, gullash
muddatlari, qushlarning uchib kelish va uchib ketish muddatlarini fenologiya
o’rganadi.
Fyon — tog’li o’lkalarda tog’lardan vodiylarga yuqoridan pastga qarab
esuvchi iliq va quruq kuchli shamol. Shamol tor tizmasini oshib, pastga
tushayotganda isib quriydi, ba’zan qor ko’chkilarining tushishiga sabab bo’ladi.
O’zbekistonda Chirchiq vodiysida ko’p kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |