O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Periferik siklonlarning markazlari Antarktida qirg’og’idan ancha shimol tomondan 

o’tgani  uchun  qirg’oqda  shamol  sharq  janub-sharq-tomondan  esadi.  Siklonik 



depressiyaning  qirg’oqqa  yaqinlashuvini  ikkinchi  protsess-materik  sovuq 

havosining  Antarktidadan  dengizga  kirishi  (stok  shamoli)  ham  kuchaytiradi. 

Antarktik  gumbazning  yon  bag’ri  qancha  tik  bo’lsa,  stok  shamollari  o’shancha 

qattiq  bo’ladi.  Ba’zan  Bo’ronlar  o’lkasi  deb  ataladigan  Adeli  Yerida  va  Mirniy 

rayoni  yaqinida  stok  shamollari  ayniqsa  qattiq  bo’ladi.  Litl  Amerika  stansiyasi 

atrofida  esa,  aksincha,  stok  shamollari  emas,  siklonik  shamollar  ko’proq  bo’ladi. 

Litl  Amerika  stantsiyasining  orqasida  kaftday  tekis  Ross  shel‘f  muzligi  janubga 

tomon  davom  etadi.  Stok  shamollarining  kuchi  va  barqarorligi  yilning  turli 

fasllarida  turlicha  bo’ladi.  Yozda  Antarktida  qirg’og’ida  shtil‘  havo  haftalab 

davom etishi mumkin. Qishda, qutb kechasida muzlik qatlami ustidagi xavo qattiq 

soviydi,  stok  shamollari  esa  qirg’oqda  muntazam  esa  boshlaydi,  sohilga  siklon 

yaqinlashib  kelganda,  bu  shamollar  sekin-asta  kuchayib,  dovul  darajasiga  yetadi. 

Shunday vaqtlarda iliq dengiz havosi materik ichkarisiga kiradi. 1957 yil 24 iyulda 

Mirniy  yaqiniga  siklon  keldi,  stok  shamolining  kuchi  dovul  darajasiga  yetdi  (40 



m/sek)  va  10  sutka  davom  etdi.  Ayni  vaqtda  havo  temperaturasi  ko’tarildi. 

Mirniyda -27°C dan -10°C ga, Vostok stantsiyasida esa -71°C dan -45°C ga tushdi. 

Avgust  o’rtalarida  sohilta  siklon  yaqinlashib  keldi,  shu  vaqt  stok  shamolining 

kuchi dovul darajasiga yetdi. Ammo, stok shamollari sohilning o’zida emas, balki 

materik qirg’og’idan 200- 300 km janub tomonda qattiq bo’lib, doim esib turadi. 

Antarktida ichki rayonlarining yillik o’rtacha temperaturasi (-57°C ) muzlik 

chekkasiga nisbatan 45°C past. Materik ichida Yerning jahon sovuqlik qutbi bor. 



70 ko’tarilishda va okeandan 28 km uzoqlashishda temperatura o’rta hisob bilan 

1°S pasayadi. Okeandan uzoqlashgan sayin va kenglik oshgan sari temperaturaning 

yillik  amplitudalari  ham  kattaroq  tafovut  qiladi.  Mirniy  yaqinida  qutb  tuni  aslida 

yo’q,  ammo  Vostok  stantsiyasida  qutb  tuni  114  sutka  davom  etadi.  Qutb  tunida 

havo  juda  ham  siyrak.  Qor  ustida  kuchli  temperatura  inversiyasi  vujudga  keladi. 

Masalan,  1957  yil  9  mayda  Vostok-1  stantsiyasida,  ya’ni  Mirniydan  635  km 

masofada kuchli inversiya  kuzatildi: temperatura qor  yuzasida  -  70°C  bo’lsa, 350 

m  balandlikda-37°C  ekanligi  aniqlandi.  Qishda  bu  yerda  havo  tinch  bo’ladi, 

temperatura inversiyasini, shamol hech bir o’zgartirmaydi.  Banger vohasi Mirniy 

atrofidagidan yozda issiqroq, qishda esa picha sovuqroq bo’ladi. 

Antarktidada deyarli nuqul qor yog’adi, ammo Antarktika yarim orolida va 

hatto  Mirniy  stantsiyasi  bilan  Litl  Amerika  stantsiyasida  (78°  janubiy  kenglikda) 

ahyon-ahyonda  yomg’ir  yoqqani  ma’lum.  Materikning  ichki  rayonlariga  kirib 

borgan sayin yog’in kamayadi. Ammo sohilning o’ziga emas, muzlik qatlamining 

tik yon bag’irlariga ko’proq yog’in tushadi. Bu yon bag’irlarda orografiya siklon 

yog’inlarining  hosil  bo’lishini  kuchaytiradi.  Antarktidadan  90  km  naridagi 

Drigal‘skiy  orolida  1957  yil  mobaynida  800  mm  dan  ortiqroq  (suvga  aylantirib 

hisoblaganda),  sohildagi  Mirniyda  400  mm  (Ross  shel‘f  muzligining  chekkasiga 

esa  faqat  300  mm)  yog’in  tushgan  bo’lsa,  Mirniydan  janub  tomonda,  muzlik 

qalqonining  yon  bag’rida  o’sha  yili  600  mm  yog’in  tushdi.  So’ngra,  ichki 

rayonlarga kirib borgan sayin yog’in kamayadi; Pionerskaya stantsiyasida 150 mm 

gacha,  Sovetskoe  platosida  80-50  mm  dan  kam  yog’in  tushadi.  Antarktidaning 

hamma territoriyasiga ham yog’in kam - yiliga o’rta hisobda qariyb 200 mm. 

Antarktidadagi  qor  faqat  materik  chekkasida,  ayniqsa  qoramtir  qoyalarda 

qor  yozda  juda  tez  eriydi.  Lekin  qirg’oqdan  bir  necha  o’n  kilometr  uzoqlashish 

bilan (dengiz sathidan 500-1000 ko’tarilganda) qor erishi deyarli to’xtab qoladi, 

chunki  havo  temperaturasi  biron  joyda  ham  0°C  gacha  ko’tarilmaydi.  Qorning 

bug’lanishi katta ahamiyatga ega. Chekka polosada yiliga 200-250 mm gacha qor 

bug’lanadi, bu miqdor yillik yog’in miqdoridan atigi 2 marta kam. Antarktidaning 

markaziy rayonlarida qor juda kam bug’lanadi. 

Juda  ko’p  qorni  sharqiy  va  janubiy  shamollar  uchirib  ketadi.  Nunataklar 

ustidagi  qorni  shamol  uchirib  ketgandan  keyin  ochilib  qoladi.  Stok  shamollari 

qorning ozgina qismini okeanlarga tushirib yuboradi, Materikdan 10  km masofada 

stok shamollari tinib qoladi. 

Antarktikada  qish  apreldan  sentyabrgacha,  yoz  esa  dekabrdan  fevralgacha 

davom  etadi.  Qishda  Sovetskoe  platosida  to’rt  oy  qutb  tuni  bo’lib,  shamol  kam 

esadi,  sovuq  80°C  ga  yetadi  va  undan  ham  oshadi.  Ahyon-ahyonda  siklon 

yaqinlashib, havo isiydi (sovuq -40°C gacha tushadi), ayni vaqtda Mirniy atrofida 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish