havo uncha bulut bo’lmaydi. Quyosh beto’xtov nur sochib, havoni isitadi, natijada
temperatura -70°C dan -30°C ga tushadi. Qor bo’sh bo’lgandan yurish qiyin,
chunki qor shamolda zichlashmaydi. Muzliklar qoplangan yon bag’irda stok
shamollari hamon esaveradi va hatto kuchayadi. Mirniy atrofida ko’p vaqt oftob
charaqlab turadi. Mirniyda ko’pincha shamol esmaydi. Havo temperaturasi 0°C
atrofida bo’lib, muzlik bar‘eri yaqinida ko’pgina suvlar sharillab oqadi. Ammo
vaqt-bavaqt sharq tomondan siklon bulutlari bosib keladi. Bir necha kun
mobaynida sharqdan shtorm shamoli esadi, pastda bo’ron qutiradi. So’ngra yana
oftob chiqib havo jim-jit bo’lib qoladi. Antarktida vohalarining ob-havosi ayniqsa
o’ziga xosdir. Vohalardagi havo temperaturasi yon-veridagi muz temperaturasidan
bir necha gradus iliq bo’ladi. Qoyalarning cho’l oftobida qoraygan va oq tuz
pardasi bilan qoplangan yuzasi 30°C gacha qiziydi, havo esa 11°C gacha va undan
ortiq isiydi. Isigan havo yuqoriga ko’tariladi, suv bug’lari tushga yaqin
quyuqlashib, kichik-kichik to’p bulutlarni hosil qiladi. Ba’zan qozonsoylarda sho’r
va oqmas ko’llar uchraydi. Ammo mayda tuproqda sovuq izlari - sovuqda hosil
bo’lgan yoriqlar, ko’p qirrali tosh dog’lari ko’rinib turadi. Muzlagan qatlam
qalinligi 100 m ga yetadi va undan ham oshadi, ammo ko’llar ostida yer
muzlamagan bo’ladi. Qoyalarni shamol siyqalab, ko’pgina tosh kataklarni hosil
qilgan. Sharqiy shamollar mayda tuproqni muz ustiga olib chiqadi, shuning uchun
qoyalardan g’arbga tomon muzlar iliq havo ta’sirida ayniqsa ko’p eriydi. Ular muz
ustida bir talay ko’kimtir qor ko’llar, soy jilg’alar hosil qiladi.
Antarktida muzlik qalqonlari bilan qoplangan, ular bir-biriga qo’shilib
ketgan, ammo shakli, to’yinishi va harakati jihatidan farq qiladi. Sharqiy
Antarktidaning muzlik qalqoni zaminining past-balandliklarini bir qadar
takrorlaydi.
Sharqiy Antarktidadagi eng katta qalqonning markaziy qismi Sovetskaya
stantsiyasi bilan Polyus Otnositelg‘noy Nedostupnosti o’rtasidagi tog’lik ustida.
Janubiy qutb atrofi keng pastlikda. Ikkinchidan, Komsomol‘skaya stantsiyasi bilan
Janubiy qutb oralig’ida muz tagi deyarli gorizontal bo’lib, dengiz sathi bilan
baravar. G’arbiy Antarktida muzlari Sentinel va Ispolnitelniy Komitet tizmalari
ustida bir-biriga yondoshgan muzlik qalqonlarini hosil qiladi.
Antarktida muzlik qoplamining chekkasidagi ayrim joylarda kichkina, shakli
juda to’g’ri muzlik gumbazlari bor. Mirniydan 90 km shimol tomondagi
Drigal‘skiy oroli bularga misol bo’la oladi. Gumbazning bo’yi 20 km, eni 13 km,
muzning qalinligi 420 m, shundan 120 m ga yaqini dengiz sathidan past. Orol
Morena ustida, orol ustidan qaraganda deyarli to’g’ri oval shaklida, yuzasining
elliptik profili esa muzning bemalol yoyilib tushganligidan guvohlik beradi.
Antarktida muzlik qoplamining ayrim joylari materik chetiga tekis tushadi.
Ammo, muz past-baland yuzada bo’lgan joylarda kambar muz daryolari yuzaga
yorib chiqadi. Bu muz daryolari muz qirg’oqlar ichida oqadi va tog’ muzliklarini
eslatadi. Qo’p joylarda materik muzning chekkasida pastak muz tekisliklar - shel‘f
muzliklari hosil bo’lgan. Bu muzliklarning maydoni juda katta. Shel‘f
muzliklarining yuzasi dengiz sathidan atigi bir necha o’n metr ko’tarilgan,
muzning qalinligi esa 300-800 m ga yetadi (Rossning shel‘f muzligi). Bu
muzliklarda firn ro’yi-rost qat-qat bo’lib turadi, bu qatlamlar jarliklarda yaxshi
ko’rinadi. Shel‘f muzliklari yo suvda suzib yuradi yoki orollarga tayanadi.
Antarktida vohalarining yuzasida katta qor uyumlariga o’xshash tepalar bor.
Haqiqatda esa ular qoyalarning shamolga teskari yon bag’irlari oldiga shamol
uchirib kelgan qor muzliklaridir.
Antarktida muzlari Janubiy okean qirg’og’iga yaqinlashib keladi. V.I.Bardin
va V.I.Shilnikovning hisoblariga qaraganda, materik muzlik chekkasining
uzunligidan 46 protsenti materik yon bag’ridan, 45 protsenti shel‘f muzliklaridan,
9 protsenti muz daryolarining chetlari-qoyalardan hosil bo’lgan. Deyarli hamma
joyda muz okeanga uchib tushib, muz tog’lari-aysberglarni hosil qiladi.
Aysberglarni uch tipga ajratish mumkin: juda katta, yassi shel‘f aysberglari chekka
muzliklardan uzilib tushadi; ajoyib shakldagi gletcher aysberglari muz
daryolaridan hosil bo’ladi. Shel‘f aysberglari ham, gletcher aysberglari ham
okeanning sayoz joyida to’xtab qolib, qor bosishi, muzi erib gumbaz shakliga
kirishi va shu tariqa, gumbazsimon aysberglarga aylanishi, keyinchalik esa
Drigal‘skiy oroliga o’xshash muzlik gumbazlari ham vujudga kelishi mumkin.
Antarktidaning deyarli butun muzi yog’in-sochindan hosil bo’ladi va qor
muzi (yoki qayta kristallangan muz) hisoblanadi. Materikning chekka polosasida
muz eriydi, suv esa firn donalari orasidagi muzda va muz yoriqlarida yana muzlab,
infiltratsion muzlarni hosil qiladi. Lekin ularning hajmi qor muzlarning hajmiga
nisbatan juda kichik bo’lishi kerak.
Muzlik qatlamining chekka qismida muz yiliga 20-100 m tezlik bilan okean
tomonga siljiydi, muz daryolari esa yiliga 200-700 m tezlik bilan surilib boradi.
Muz siljir ekan, qoyalarning yuzasini tirnaydi. Bu muzda morena materiali
ko’p. To’ntarilgan aysberglarning pastki qavatlarida morena materialini ko’rish
mumkin.
Ammo yuzaga yaqin qatlamga mavsumiy o’zgarishlar ta’sir etolmaydi. Bu
qatlamdagi muz temperaturasi havoning o’rtacha temperaturasidan uncha farq
qilmaydi: Vostok stantsiyasi yonida muz temperaturasi - 57°C, Pionerskaya
stantsiyasida - 39°C va Mirniyda hatto - 9°C. Antarktida muzi dunyoda eng sovuq
muz hisoblanadi. Shunday bo’lishi ham kerak, albatta, chunki Antarktida iqlimi
eng sovuq iqlimdir. Hatto Grenlandiyada muzning temperaturasi - 30°C dan past
emas, Sibirning doimo muzlab yotadigan gruntlari - 15°C dan sovuq emas.
Antarktida ichida, Ross va Modgeym muzlik shel‘flarida o’tkazilgan
tadqiqotlar qor va firn yuzasining qalinlashib borayotganini aniqlab berdi. Muzlik
chekkasining hozirgi o’rnini bundan 25 yil ilgari Mak Robertson va Kemp
Qirg’oqlarida norveg aerofotosyomkasi qayd qilgan o’rni bilan taqqoslash
muzliklarning ancha siljiganini ko’rsatadi. Viktoriya Yeridagi Kyotlits va Teylor
muzliklari Skottning so’nggi ekspeditsiyalari borgan vaqtdan beri o’zgarmabdi.
G’arbiy YYevropa, Norvegiya, Islandiya va Shpitsbergen muzliklarining yuzasi
o’sha davr ichida ancha pasayganligi, uchlari esa to’mtoqlanib qolganligi esga
olinsa, yuqoridagi ma’lumotlar ajablanarli bo’lib tuyulishi mumkin. Ammo
Shimoliy yarim shar muzliklari qor chizig’idan pastroqda ekanligi, bu
muzliklardagi muz temperaturasi 0°C ga yaqinligi nazarga olinsa, yuqorida
aytilgan ma’lumotlarda ajablanarli hech narsa yo’qligi tushunarli bo’ladi. Shu
sababli atmosfera sirkulyatsiyasining kuchayishi tufayli havoning hatto picha isishi
ham bu muzliklarning ancha chekinishiga sabab bo’ldi. Antarktidada muzliklardagi
muz temperaturasi hamisha past, shuning uchun ularga temperatura ko’tarilishi
salgina ta’sir etgan. Ammo havo oqimlari bilan namlik kelishining kuchayishi