Antarktidaning iqlimi va muzliklari
1957 yil 24 iyulda Mirniy yaqiniga siklon keldi, stok shamolining kuchi
dovul darajasiga yetdi (40 m/sek) va 10 sutka davom etdi. Ayni vaqtda havo
temperaturasi ko’tarildi. Mirniyda -27°C dan -10°C ga, Vostok stantsiyasida esa -
71°C dan -45°C ga tushdi.
Vostok stantsiyasida qutb tuni 114 sutka davom etadi.
1957 yil 9 mayda Vostok-1 stantsiyasida, ya’ni Mirniydan 635 km masofada
kuchli inversiya kuzatildi: temperatura qor yuzasida - 70°C bo’lsa, 350 m
balandlikda-37°C ekanligi aniqlandi.
Yozda Sovetskoe platosida qutb kuni to’rt oy davom etadi.
V.I.Bardin va V.I.Shilnikovning hisoblariga qaraganda, materik muzlik
chekkasining uzunligidan 46 protsenti materik yon bag’ridan, 45 protsenti shel‘f
muzliklaridan, 9 protsenti muz daryolarining chetlari-qoyalardan hosil bo’lgan.
Antarktidadagi asosiy iqlim faktorlari muz bilan qoplangan va okean bilan
o’ralgan yuksak materikning qutb yaqinida joylashganligi bilan bog’liq. Antarktida
iqlimi Arktika iqlimiga nisbatan qattiqroq. Jahonning sovuqlik qutbi Antarktidada.
Ichki rayonlarda (Sovetskoe platosida) yillik o’rtacha temperatura -57°C, ya’ni
Sibirdagi sovuqlik qutbi oblasti (-15°C)ga nisbatan 42°C past va Grenlandiyaning
o’sha balandlikdagi (dengiz sathidan 3000 m yuqoridagi) ichki rayoni
temperaturasidan esa 29°C past.
Materik Dengiz sathidan balandda, havosi sovuq va quruq bo’lganidan,
yozda Antarktikaga tushadigan jami radiatsiya Arktikaning o’sha kengliklardagi
radiatsiyaga nisbatan bir yarim baravar ortiq. Yozda Toshkentga qancha nur
energiyasi tushsa markaziy Antarktidaga ham o’shancha nur energiyasi tushadi,
ekvatorial kengliklarga qancha radiatsiya tushsa, markaziy Antarktida bir yilda
hatto o’shancha nur energiyasini oladi. Yozda tushadigan quyosh radiatsiyasi
Pionerskaya stantsiyasida (yanvar-mart) 55 kkal/sm2, Shmidt burnida (iyun-
avgust) 34,5, Qoradog’ (Qrim)da 52,1 kkal/sm2 ni tashkil etadi. Ammo qor, muz
yuzasi nurni juda ko’p aks ettiradi. Albedo 70-90 protsentni tashkil etadi.
Antarktidaning deyarli hammasi qutbiy doiraning orqasida ekanligini ham nazarda
tutish kerak. Qishda Antarktida usti g’ira-shira qorong’i bo’ladi, markaziy qismida
esa qutb tuni necha oylab davom etadi.
Antarktidaning yillik radiatsiya balansi - manfiy balans. Qishda okeandan
iliq havo kelishi kuchayadi. Ana shu havo materikning to’xtovsiz sovishiga yo’l
qo’ymaydi.
Antarktidadagi muhim bir faktorni - qoyalar, nunataklar, vohalarni qayd
qilib o’tish kerak. Qoyalar yuzasi nur energiyasining 70-90 protsentini, hammasi
bo’lib esa 20 protsentini aks ettiradi. Shu sababli qoyalar yozda 30°C gacha qiziydi
va o’z tepasidagi havoni isitadi. Antarktidada mutlaqo qora narsa yuzasi hatto
53°C gacha qizishi mumkin. Vohalarning yillik radiatsiya balansi - musbat balans.
Antarktidadagi atmosfera tsirkulyatsiyasi ham kenglik, ham meridional
harakat qiladi. Antarktida iqlimining asosiy zonal belgilari Antarktikadagi
atmosfera tsirkulyatsiyasining kenglik bo’ylab esuvchi havo oqimlariga bog’liq.
G’arbdan sharqqa qarab harakatlanuvchi siklonlar bilan o’ralgan antitsiklon
Antarktida ustida joylashadi. Ammo bu an’anviy sxemani to’ldirish zarur.
Birinchidan, Antarktida qirg’og’i yaqinida doimiy siklonlar borligi aniqlangan.
Ikkinchidan, antarktik antitsiklonning tarmoqlari, ko’pincha, past bosimning siklon
halqasini «yorib» o’tadi va Janubiy okean orqali baland bosimning subtropik
halqasiga tortiladi. Uchinchidan, siklonlar ko’pincha okeandan materikka, ayniqsa
G’arbiy Antarktidaga kiradi. Sharqiy Antarktidaga kelsak, unda antitsiklon doim
mavjud bo’ladi, lekin bu antitsiklonning kattaligi va olgan o’rni siklonlar ta’sirida
o’zgaradi. Sharqiy Antarktidada shamollar ko’proq sharqdan esadi.
Antarktik antitsiklon ustida baland siklon bor, bu siklonning 14 km
balandligiga qadar okeandan iliq havo kirib turadi. Baland siklon va past siklonlar
Antarktida ichkarisiga namlik kirishiga va muzlik qalqonining yo’qolib
ketmasligiga imkon beradi.
Bosim sharoitiga qarab, Antarktida ichidagi shamollar birmuncha sust, keng
(700 km) chekka halqada esa, aksincha, shtorm va dovullar tez-tez bo’lib turadi.
Ayni vaqtda yer bag’irlab esuvchi shamol va bo’ronlar bo’lib turadi.
Shamollarning mohiyati ikki yoqlama: birinchidan, ular siklonik shamollardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |