Tabiiy sharoitining asosiy xususiyatlari
Antarktida tabiatining betakrorligi jihatidan yagona va o’ziga xos materikdir.
Qutb tadqiqotchilari bu materikni turli nomlar bilan muz materigi, zim-ziyo
materik, qor cho’llari, sirli materik, oq materik deb ataganlar. Qishda Antarktida
qutb tuni qoronghiligiga botadi, yozda esa yarim kechada ham Quyosh muz-qor
chohqqilarini yoritib turadi. Bu joyda Yyerdagi eng kuchli shamollar bo’ladi.
Materikda doim turadigan axoli yohq. Sayyoramizning 80 foiz chuchuk suvi
Antarktida muzlarida tohplangan.
Maydoni 13991 ming km2, shundan shelf muzliklari 1543 ming km2.Muz
qoplamining o’rtacha balandligi 2040 m, eng baland nuqtasi Vilson tepaligi 5140
m. chekka nuqtasi Sifre 63013’ j.k.
XX asrning birinchi yarmida AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Norvegiya
va boshqa davlatlar Antarktidani ohrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil
etishdi. Har bir mamlakat ohz maqsadi yohlida harakat qildi. Tadqiqotlar asosan
sohillarda olib borildi, materikning ichki qismlari esa deyarli nomahlumligacha
qolaverdi. Sobiq sovet ekspeditsiyalari ohtkazishda Arktikani ohrganish va
ohzlashtirishda tohplangan boy tajribalardan foydalanildi. Sobiq Sovet
tadqiqotchilari oghir iqlim sharoitida qisqa vaqt ichida faqat qirqok bohylaridagina
emas, Antarktidaning ichki, borish qiyin bo’lgan, odam oyoghi etmagan qismlarida
ham bir necha ilmiy stantsiyalar (Mirniy, Pioner, Vostok, Borib bohlmaydigan
qutb va boshqa) bunyod etishdi.
Hozirgi zamon tadqiqot metodlari materikning muz osti relefi haqida aniq
tasavvur qilishga imkon beradi. Materik er yuzasining 1/3 qismiga yaqini okean
sathidan past. Shu bilan birga muzlik qalqoni ostida tog’ tizmalari va massivlari
borligi ham aniqlandi. Ueddel dengizidan Ross dengizigacha Yer pusti yoriqlari
zonasi bohylab. Transantarktida tog’lari cho’zilgan. Ular relefiga kohra bir-biridan
keskin farq qiluvchi G’arbiy Antarktidani Sharqiy Antarktidadan ajratib turadi.
Antarktida (Janubiy qutb materigi) va Antarktika degan ikki tushunchaning
farqini bilish kerak. Antarktikaga materikdan tashqari Janubiy okeanning materik
atrofidagi akvatoriyalari antarktik frontning troposferadagi o’rta holatigacha yoki
okean suvlarining antarktik divergentsiya chizig’igacha (Antarktika mintaqasi)
kiradi. Antarktida maydoni shelf muzliklarini qo’shib hisob qilganda 13991 ming
km2 (YYevropa bilan Avstraliyadan katta), shu jumladan shelf muzliklari 1543
ming km2. Sayoz suvlar doirasidagi orollarning maydoni atigi 22 ming km2.
Antarktikaning yuqorida keltirilgan chegaralar ichidagi maydoni taxminan 23440
ming km2.
Rus dengizchilari F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev Antarktidani kashf
etgan vaqtdan buyon (1820 yil 27-28 yanvar), ayniqsa so’nggi vaqtda Antarktida
turli mamlakatlardagi tadqiqotchilarning e’tiborini tobora ko’p jalb qilmoqda.
Muzlab yotgan, qahri qattiq shu qit’adan foydalanish maqsadida, shuningdek,
planetar geofizik va geografik ilmiy problemalarni (masalan, geomagnit maydoni,
yer yuzasidagi suv-issiqlik rejimi, jumladan, muzliklarning o’zgarishi va hokazo)
hal qilish maqsadida, ular Antarktidaning tabiiy sharoiti va resurslarini o’rganishga
intilmoqdalar.
Antarktidaning tadqiqotchilaridan R.Amundsen va R.Skottning nomlarini
aytib o’tish kerak. Ular 1911 -1912 yillarda birinchi bo’lib Janubiy qutbga yetib
borganlar. Shuningdek, amerikalik admiral R.Byordning ko’p yillik tadqiqotlarini
ham eslatib o’tish zarur. Ammo xalqaro geofizika yili munosabati bilan o’tkazilgan
tadqiqotlar davri (1956 yil va undan keyingi yillar) ko’proq samarali bo’ldi. Shu
davrda Antarktidani o’rganishda 12 davlat ishtirok etdi.
Materikning eng qadimgi jinslari paydo bo’lganiga 1 mlrd. yildan oshdi.
Ular metamorfizm hodisasiga uchrab juda ham o’zgarib ketgan. Garchi shunday
bo’lsa ham, kontinentda paydo bo’lgan normal cho’kindi yotqiziqlarni, karbonat va
gil yotqiziqlarini o’sha qadimgi jinslarning prototiplari deb hisoblashga asos bor.
Binobarin, Antarktidaning ayrim joylari yuqori proterozoyda ham quruqlik
bo’lgan.
Sharqiy Antarktida, Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyaning geologik
tuzilishi ko’p jihatdan bir-biriga o’xshaydi. Ilgari shunga asoslanib, bu
materiklarning hammasi qadimgi bitta Gondvana materigining keyinchalik turli
tomonga tarqalishib ketgan qoldiqlaridir, Antarktida avval qutb atrofida
bo’lmagan, deb taxmin qilishardi. Ayni vaqtda Antarktidaning qadimgi o’rmon
floralari dalil qilib keltirilar edi. Lekin materiklar katta gorizontal masofada
siljiganl, degan va A.Vegener nomi bilan bog’langan gipotezaga hozir geologlar
qo’shilishmaydi. Shu sababli Antarktida o’rmon floralarining paleogeografik
sirlarini asosan boshqa tomondan qidirish kerak. Ehtimol, Antarktida emas, balki
Janubiy qutb o’z o’rnini o’zgartgandir, paleomagnit tadqiqotlarining natijalari
shundan guvohlik beradi. Hozirgi Janubiy qutbdan paleozoy erasining oxirida 53-
parallel, mezozoy erasida 58-parallel o’tgan, paleogen davrida esa Janubiy qutb
81° janubiy kenglik va 94° sharqiy uzunlik atrofida bo’lgan deb faraz qilyashadi.
Viktoriya Yerining o’rmonlari hozirgi o’rniga nisbatan qutbdan 5 baravar uzoqda,
Antarktika yarim orolining o’rmonlari 1,5 baravar uzoqda bo’lgan. Ammo
Antarktida o’rmonlari paleogen davrida yo’qolgandan keyin Antarktida iqlimi
o’zgara olar edi. Yerning yuqori kengliklaridagi quruqlik maydoni neogen davrida
umuman kengaygan. Shu munosabat bilan, ainaqsa quruqlik muzlar bilan qoplana
boshlagan vaqtdan buyon Antarktida iqlimi sovuqroq bo’lib qolgan.
Antarktidaning ikkita asosiy paleogeografik problemasidan biri qadimgi
o’rmonlar problemasi shu tariqa tushunarli bo’lib qoladi.
Antarktidaning qutb atroflari har qalay neogen davrida (YYevropadan
ilgariroq) muz materigiga aylanishi kerak edi. Ross dengizi atrofida glyatsial
dengiz cho’kindilari, ehtimol, necha o’n millionlab yillar ilgari to’plana boshlagan.
To’rtlamchi davrda muzlanish hajmi aftidan, YYevropadagidek ko’p o’zgargan
emas. YYevropada muzlik qoplami bir muzlik davri bilan ikkinchi muzlik
o’rtasida butunlay erib ketgan. Bundan tashqari, YYevropadagiga nisbatan
boshqacha bo’layotgan hozirgi muzlik misoliga asoslanib, Antarktida va YYevropa
muzliklari baravar kattalashgan emas, deb taxmin qila olamiz. Hozir ko’p
tadqiqotchilar issiqroq rayonlarning muzliklari kichraymoqda, Antarktida
muzlarining hajmi esa ko’paymoqda, deb taxmin qilishadi. Antarktidada yil sayin
1330 km3 suvga baravar keladigan muz erimoqda, buning evaziga Antarktida 1220
Do'stlaringiz bilan baham: |