O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Janubiy  orol  (maydoni  -  150  ming  km2)  kristall  metamorfik  jinslardan  va 

burmalangan  cho’kindi  jinslardan  tarkib  topgan  bo’lib,  rel‘efi  tog’li.  Yangi 



Zelandiya Alp tog’lari orolning g’arbiy yonbag’irlari bo’ylab davom etadi, dengiz 

sathidan  balandligi  3768  m  gacha  boradi  (Kuk  tog’i).  To’rtlamchi  davrda  ikki 

marta  muz  bosgan  bu  tog’larda  hozir  50  tagacha  muzlik  bor.  Bu  muzliklarning 

umumiy  maidoni  1000  km2  chamasida.  Qadimgi  va  hozirgi  muzliklar  borligidan 

Yangi Zelandiya Alp tog’larida baland Alp tog’larining xarakterli belgilari bor va 

ularning nomi tamomila o’ziga yarashadi. 

Janub  tomondan  Alp  tog’lariga  Otago  platosining  (dengiz  sathidan 

balandligi  1200-1800  m)  ko’pgina  tektonik  botiqlar  bilan  bo’lingan  granit 

penepleni yondoshgan. To’rtlamchi davr muzliklari bu botiqlarni o’zgartirib, trog 

vodiylariga  aylantirgan.  Otago  platosining  janubi-g’arbidagi  vodiylarda  oxirgi 

morenalar bo’g’ib qo’ygan' yirik ko’llar bor, qirg’oq chizig’i chuqur fiordlar bilan 

bo’lingan. 

Yangi  Zelandiya  Alp  tog’larining  g’arbiy  yon  bag’irlari  bo’ylab,  qirg’oq 

bo’yidagi  torgina  pasttekislik  bor.  Alp  tog’larining  sharqiy  yon  bag’irlariga 

qirg’oqdagi  Kenterberri  tekisliklari  yondoshgan.  Qadimgi  allyuvial  va 

flyuvioglyatsial yotqiziqlarda sochma oltin konlari, ularning ostidagi svitalarda esa 

ko’mir  qatlamlari  bor.  Tekisliklarni  Benks  yarim  oroliga  tutashtiradigan  kambar 

bo’yinda bir necha vulqon konusi ko’tarilib turadi. 

Janubiy  orolning  chekka  shimolidan  boshqa  deyarli  hamma  joyi  mo’’tadil 

issiq, juda nam iqlim  mintaqasida. Baland tog’ rel‘efi tufayli ekspozitsiyasi katta 

tafovut  qiladi  va  balandlik  mintaqalari  mavjud.  Yangi  Zelandiya  Alp  tog’larining 

g’arbiy  yon  bag’irlaridagi  qor  chizig’i  2100  m  balandlikda,  sharqiy  yon 

bag’irlaridagi qor chizig’i esa 2400 balandlikda.  

Yilning aksari vaqtida orolga g’arbiy shamollar kelib turadi. Qishda orolning 

shimoliy  chekkasi  bo’ylab  aktiv  siklonli  qutbiy  front  o’tadi,  orografiya  (tog’lar) 

borligi tufayli kuchayadigan siklon yomg’irlari tog’larning shamolga o’ng g’arbiy 

yon bag’irlariga nam beradi. Siklonlarning g’arbiy chekkasi bo’ylab orolga ba’zan 

sovuq Antarktika havosi keladi, natijada temperatura qisqa vaqt davomida 0°C dan 

pastga tushadi, qishdagi o’rtacha temperatura (sohilda) 5°C dan 7°C gacha bo’ladi. 

Yozda g’arbiy sirkulyatsiya bo’shroq saqlanadi, ammo qutbiy front janubga 

suriladi.  Orolning  shimoliy  yarmiga  Janubiy  Tinch  okean  maksimumi  g’arbiy 

sektorining  shimoli-g’arbiy  shamollari  juda  nam  havo  keltiradi.  Bu  havo 

tog’larning yon bag’irlaridan ko’tarilib, bir talay yog’ingarchilikka sabab bo’ladi. 

Yozdagi  temperatura  orolning  janubida  14°C  va  shimolida  17°C.  Qizigan 

Kenterberri  tekisliklari  ustida  konvektsiya  ro’y  beradi.  Yozdagi  yog’ingarchilik 



maksimumining kichikligi shu konvektsiyaga bog’liq. Shu tariqa, qish mavsumida 

ham,  yoz  mavsumida  ham  yog’ingarchilik  bo’ladi,  lekin  yoz  qishdan  namroq 

keladi.  G’arbiy  pasttekislikda  yillik  yog’in  miqdori  2500  mm  bo’lsa,  tog’larning 

yon  bag’irlarida  3500  mm  gacha  yetadi,  sharqiy  yon  bag’irlarga  va  ayniqsa 

Kenterberri tekisligiga bir yilda atigi 500-700 mm yog’in tushadi. 

Namlik  miqdoriga  yarasha  g’arbiy  yon  bag’irdagi  daryolar  to’lib  oqadi  va 

ulardagi suv miqdori bir tekis turadi. Kenterberri tekisliklaridagi daryolar esa kam 

suvroq  bo’lib,  suv  miqdori  ancha  tafovut  qilib  turadi.  Daryolar  qor,  muzlik  va 

yomg’ir  suvlaridan  to’yinadi,  shuning  uchun  ko’klamda  va  yozda  keng  toshadi. 

G’arbiy  yon  bag’irlardagi  muzliklar  213  m  gacha  surilib  tushadi  (Frants-Iosif 




Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish