Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi jahon geografiyasi fani
tarkibidagi asosiy umumkasbiy fan sifatida 3-4 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy-ilmiy,
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik
talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Ushbu fan ilmiy-tadqiqot institutlariga, oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim
tizimi muassasalariga, ishlab chiqarish va boshqaruv tashkilotlariga malakali
geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar
beradi. U asosiy umumkasbiy fani hisoblanib, yuqori malakali geograflar
tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |