O‘quv fanning maqsadi va vazifalari
Fani o‘qitishdan maqsad – talabalarda materik va okeanlarning vujudga
kelishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari, relefi, iqlimi, suvlari, tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosini, landshaftlar, tabiiy komplekslar hosil
bo‘lishida ro‘y beradigan hodisalarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy tabiiy geografik qonuniyatlar,
sabab va oqibat bog‘lanishi orqali materiklar va okeanlardagi voqea va hodisalarni
kelib chiqishi xususiyatlari, rivojlanish tarixi va inson ta’sirida o‘zgarishlarini
o‘rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |