Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- materiklar va okeanlarning vujudga kelishi va rivojlanishi
qonuniyatlarini bilishi kerak;
- talaba geografik qobiqdagi qonuniyatlarni, quruqlik va okeanlarning
o‘zaro aloqadorligi, ta’siri va oqibatlarini, quyosh energiyasi tabiat rivojlanishining
bosh omili ekanligi, materik va okeanlarning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri
tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- talaba muayyan xududlar tabiiy resurslarini baholash, tabiiy resurslarni
ishlab chiqarishdagi o‘rni, insoniyat farovonligiga ta’sirini tahlil qilish,
geosistemalarning rivojlanishini bashorat qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |