Kalaxari botig‘i. Kalaxari botig‘i Janubiy Afrika o‘lkasining markaziy
qismida joylashgan bo‘lib, tevarak-atrofi zinapoyasimon, ko‘tarilgan platolar va
Katta Pog‘ona tizmasi bilan o‘ralgan. Uning uzunligi shimoldan janubga qarab
2000 km masofaga va kengligi tarbdan sharqda 1200 km masofaga cho‘zilgan. Er
yuzasi okean sathidan 900-1000 m baland. Maydoni 630 ming km
2
. Botiq Afrika
platformasnning Kalaxari sineklizasi asosida vujudga kelgan. Er yuzasining
tuzilishida qum massivlari, kichik-kichik shur chukmalar, quruq daryo uzanlari,
etakchi rol o‘ynaydi.
Kalaxari botig‘ining iqlimi shimoldan janubga o‘zgarib boradi. Zambezi
daryosidan shimol qismida subekvatorial iqlim va undan janubda tropik iqlim
hukmronlik qiladi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori shimolda va shimoli-sharqda
1000-1500 mm dan janubda va janubi g‘arbda 100-150 mm gacha kamayadi.
YOzda o‘rtacha harorat 25°, 30°S ni va qishda, 12
0
, 18°S ni tashkil etadi. Tropik
chizig‘idan janubda ba’zan sovuq bo‘lab, er yuzasi muzlaydi.
Kalaxari botig‘ida daryolar juda kam. Uning shimoliy qismidan Zambezi
daryosi oqib o‘tib Hind okeaniga va janubiy qismidan Oranjevaya daryosi oqib
o‘tib Atlantika okeaniga quyiladi. Okavango daryosi berk ichki havza hisoblangan
Okavango boqoqligiga quyiladi. Botiqda shur suvli sayoz ko‘llar va botqoqliklar
keng tarqalgan.
Iqlimning kenglik bo‘ylab o‘zgarishi bilan bog‘liq holda shimol va shimoli-
sharqdagi savanna o‘rmonlari janubda va janubi-g‘arbda cho‘l landshaftlari bilan
almashinadi. SHimolda daryo vodiylari bilan kesilgan tekisliklarda savanna
o‘rmonlari keng tarqalgan. Tuprok qoplami jigarang-qizil va qizil-qo‘ng‘ir
tuproqlardan tarkib topgan. Zambezi va Okavango daryo vodiylarida tipik
savannalar mavjud bo‘lib u er-bu erda akatsiyalar, baobablar, sutdosh
o‘simliklar uchraydi. Janubroqda Bakalaxari ko‘tarilmasida tipik savannalar
cho‘llangan savannalar bilan almashinadi. Bu erda chimli boshoqli o‘tlar, yovvoyi
tarvuz, yovvoyi zaytun va akatsiyalar o‘sadi. Kalaxari botig‘ining janubida va
janubi-g‘arbida cho‘l landshaflari hukmronlik qiladi. CHo‘llarda balandligi 100 m
gacha etadigan, sukkulent butalar va butachalar bilan mustahkamlangan qum
tepaliklari uchraydi.
Kalaxari botig‘ida tabiatni, ayniqsa uning o‘simlik va hayvonot olamini
muxofaza qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Tabiatni muxofaza qilish va uni kelajak
avlod uchun asrab-avaylash maqsadida Markaziy Kalaxari, CHobe, Mangadingadi-
Pans qo‘riqxonalari, Gemsbok, Kalaxari, Xemsbok, Uanki, CHobe, Kafue milliy
bog‘lari tashkil etilgan. Xo‘jaligida chorvachilik rivojlangan, ayrim joylarda
sug‘orib dehqonchilik qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |