O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi


Okean tagi relefi va geologik tuzilishi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Hind
Okean tagi relefi va geologik tuzilishi. 

Hind  okeani  tagi  relefi  va  geologik  strukturasi  Tinch  va  Atlantika  okeanlari 

tagi relefi va geologik strukturasi singari ancha murakkab tuzilgan. Uning o‘rtacha 

chuqurligi 3711 m ga teng. Eng chuqur joyi Yava (Zond) cho‘kmasida 7450 m ga 

yetadi.  Okeanda  shelf  (materik  sayozligi)  uncha  taraqqiy  etmagan  va  kam 

maydonni  egallaydi.  Shelf  zonasining  kengligi  bir  necha  kilometrdan  80-100  km 

gacha boradi. Hind okeanining Fors qo‘ltig‘i allyuvial yotqiziqlar tekislangan shelf 

zonasida  shakllangan.  Uning  maksimal  chuqur  joyi  102  m  ni  tashkil  qiladi.  Xudi 

shunday  Pokiston  va  G‘arbiy  Hindistonning  kambar  shelf  zonasining  tarkib 

topishida  akkumulyativ  allyuvial  yotqiziqlar  muhim  rol  o‘ynaydi.  Bengaliya 

qo‘ltig‘ining shimolidagi shelfning hosil bo‘lishida Gang va Braxmaputra daryolari 

keltirgan  terrigen  yotqiziqlar  faol  ishtirok  etadi.  Andaman  dengizining  shelfi 

boshqa regiondagi shelflarga nisbatan bir oz kengroq, bo‘lib, u akkumulyativ suv 

osti tekisliklaridan va denudatsion tekisliklardan tarkib topgan. 



Hind  okeanining  shimoliy  chekka  qismi  bo‘ylab  tik  va  ensiz  materik 

yonbag‘ri  cho‘zilgan.  U  100-200  m  chuqurlikdan  boshlanib,  ayrim  joylarda  suv 

osti kononlari bilan kesilgan. Eng yiriklari  Hind va Gang kononlaridir. Bularning 

1000-1500 m chuqurlikda okean tagiga loyka oqimlarini keltirib kuyishi natijasida 

ulkan suv osti yoyilma konuslari hosil bo‘ladi. Yoyilmalar yuzasi ko‘plab abissal 

vodilar bilan kesilgan. 



Hind okeani tagining orografik tuzilishini asosini O‘rtalik Hind okean tog‘ tizimi 

tashkil  etadi.  Bu  tog‘  tizimi  o‘zining  yo‘nalishida  uchta  tarmoqda  bo‘linib, 

shimoli-g‘arb,  janubi-g‘arb  va  janubi-sharq  tomonlarga  qarab  cho‘zilib  yotadi. 

Tog‘  tizimining  o‘rtalik  qismi  Markaziy  Hind  tog‘  tizmasi  deb  ataladi.  Undan 

shimoli-g‘arbga  Arabiston  yarim  oroli  tomon  cho‘zilgan  qismi  Arabiston-Hind 

tog‘ tizmasi, janubi-g‘arbga qarab cho‘zilgan qismi G‘arbiy Hind tog‘ tizmasi va 

junubi-sharq  tomon  cho‘zilgan  qismi  Avstraliya-Antarktika  tog‘  tizmasi  deb 

ataladi.  Bular  orasida  G‘arbiy  Hind  tog‘  tizmasi  seysmik  jihatdan 

serharakatchanligi va okean tipidagi suv osti vulkanlarini ko‘p tarqalganligi bilan 

harakterlanadi.  Bu  tizmaning  sharqiy  yonbag‘rida  ikkita  yirik  vulkaniq  massiv 

mavjud bo‘lib, ularning suv sathidan ko‘tarilib turgan cho‘qqilari Prins-Eduard va 

Kroze  orollarini  hosil  qiladi.  Arabiston-Hind'  tog‘  tizmasi  Sokotra  orolidan 

Sharqroqda  Ouen  suv  osti  tektonik  yorigi  bilan  kesilgan.  Bu  yoriq  Somali 

botigidan  boshlanib,  Arabiston  dedaizining  MagpH  suv  osti  tog‘igacha  davom 

etadi. Binobarin uch tarmaqda bo‘lingan O‘rtalik Hind okean suv osti tog‘ tizimi 

bir  butun  okean  tagi  xavzasini  yirik  uch  qismga-  Afrika,  Osiyo-Avstraliya  va 

Antarktika' xavzalariga ajratib turadi.  


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish