O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/522
Sana31.12.2021
Hajmi3,36 Mb.
#229587
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   522
Bog'liq
Материклар ва океанлар табиий географияси

Tekshirilish tarixi 

Shimoliy  Muz  okeaning  tekshirilish  tarixi  bir  necha  mamlakat  fuqarolari  - 

rossiyalik 

norvegiyalik, 

shvesiyalik 

dengizchi, 

sayyoh 

va 


olimlarning 

kahramonona jasoratlari tarixidir. 

Eramizdan oldin 325 yillar atrofida Marsellik Pifey Shimoliy Muz okeanning 

janubiy  qismi-qutbyoni  kengliklarigacha  suzib  borgan,  Islandiyada  bo‘lgan  va  u 

yerni  Tule  deb  atagan.  X  asrda  normanlik  dengizchi  Otar  Barens  dengizining 

janubiy  qismidan  -  Nordkap  burni  yaqinidan  suzib  o‘tib,  Oq  dengizning 

Kandalaksha  qo‘ltig‘igacha  borgan  va  kuzatishlar  o‘tkazgan.  Inglizlar  o‘z 

sayyohlarini faqat g‘arbga emas, balki sharqqa qarab jo‘natishni ham o‘z oldilariga 

vazifa  qilib  qo‘yishdi.  1553  yilda  Uillobi,  Chensler  va  Barrou  boshchiligidaga 

ingliz  kemalari  okeanning  sharqiy  regioniga  yo‘l  olib,  700  sharqiy  uzoqlikkacha 

suzib borishdi. 

Gollandiyalik  dengizchi  Villem  Barens  rahbarlik  qilgan  ekspeditsiya 

ishtirokchilari 1594-1597 yillarda Yugorskiy Shar bo‘g‘ozidan suzib o‘tib, Yamay 

yarim  oroligacha  yetib  bordilar.  Ular  Medvejiy  va  Shpitsbergen  orollarini  kashf 

etib,  Novaya  Zemlyaning  shimoli-sharqiy  qirg‘oqlarida  qishladilar  va  shu  yerda 



V.Barens vafot etdi. V.Barensning okeanshunoslik faniga qo‘shgan hissasidan biri 

XVI asrning oxirida Shimolliy Muz okeanining g‘arbiy qismini haritasini tuzdi va 

ayrim  geografik  tafsilotlarini  berdi.  G.Gudzon  Grenlandiyaning  sharqiy  sohillari 

bo‘ylab suzib 73° sh.k. gacha bordi. 

XVII  asrning  boshlaridan  Shimoliy  muz  okeanining  umumiy  qiyofasi  yaxshi 

o‘rganila  boshladi.  S.I.Dejnev  Shimoliy  Osiyo  qirg‘oqlarini  tadqiq  etish  bilan 

shug‘ullanib,  u  Kolima  daryosining  quyi  qismidan  materikning  eng  sharqiy 

chekkasigacha bordi va 1648 yilda Osiyo bilan Amerika o‘rtasida bo‘g‘oz borligini 

hamda  Shimoliy  Muz  okeani  Atlantika  okeani  bilan  tutash  ekanini  kashf  etdi. 

Keyinchalik bu bo‘g‘oz ikkinchi marta Vitus Bering tomonidan kashf etilib uning 

nomiga kuyildi. 

Buyuk  Shimol  ekspeditsiyasi  1733-1743  yillar  davomida  Shimoliy  Muz 

okeani  qirg‘oqlarini  rejali  ravishda  o‘rganish  ishlarini  amalga  oshirdi. 

Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi Oq dengizdan Bering dengiziga suzib boradigan 

qisqa  masofali  suv  yo‘lini  topish  edi.  Ekpeditsiya  qatnashchilari  ilmiy  jasorat 

ko‘rsatib,  Pechora  daryosining  quyilish  joyidan  Bering  bo‘g‘ozigacha  qirg‘oq 

bo‘ylab borishdi va u joylarni haritasini tuzishdi. Qatnashchilardan S.I.Chelyuskin, 

D.Ya.Laptev,  X.P.Laptev  va  boshqalar  haritadagi  geografik  nomlardan  faxrli 

o‘rinlarni  olgan.  M.V.Lomonosov  ekspeditsiya  to‘plagan  materiallarni  o‘rganib, 

Shimoliy  Muz  okeani  to‘g‘risidagi  birinchi  ilmiy  tasavvurni  hosil  qilib,  qutb 

atrofidagi dengizlar tagida ko‘tarilmalar borligi haqidagi fikrni bayon etdi, oqimlar 

va muzlarning harakati to‘g‘risida taxmin qildi. 

1827 yilda U.Parri Shpitsbergen atrofidagi dengizlarda suzib 82°45* shimoliy 

kenglikkacha  bordi.  T.J.Franklin  (1827  yil)  va  J.Ross  (1829  yil)  Kanada-Arktika 

arxipelagining dengiz qirg‘oqlarini qiyofasini aniqladilar. 1850-1853 yillarda Mak-

Klur  va  Mak-Klintoklar  Shimoli-G‘arbiy  dengiz  yo‘li  mavjudligini  isbotladilar. 

A.Nordensheld rahbarligidagi rus-shved ekspeditsiyasi 1878-1879 yillarda "Vega" 

yelkanli  kemasida  okeanning  g‘arban  sharqqa  yo‘lida  bir  qishlab  kesib  o‘tib 

Shimoli-Sharqiy dengiz yo‘lini muvaffaqiyatli zabt etdi. Arktika havzasining ilmiy 

tadqiq  qilishning  yangi  davrini  boshlanishida  F.Nansenning  xizmati  katta.  1893-

1896  yillarda  u  boshchiliq  qilgan  ekspeditsiya  a’zolari  "Fram"  kemasida  suzib, 

okean to‘g‘risida ko‘plab materiallar to‘pladi va buyuk kashfiyotlar uchun imkon 

yaratdi. 

XX  asrga  kelib  Shimoliy  Muz  okeanini  ilmiy  tadqiq  qilish  keng  ko‘lamda 

boshlandi.  R.Amundsen  1903-1906  yillarda  Shimoli-G‘arbiy  suv  yo‘lini  yana  bir 

bor  zabt  etib,  Shimoliy  Amerika  materigi  qirg‘oqlari  bo‘ylab  suzib  o‘tdi.  R.Piri 

1909  yilda  birinchi  bo‘lib  Shimoliy  qutga  qadam  qo‘ydi.  S.O.Makarov  loyihasi 

asosida qurilgan "Yermak" muzyorar kemasi 1899-1901 yillarda Arktika havzasida 

suzib  okeanografik  kuzatishlar  olib  bordi,  muzlarning  holatini  va  harakatini 

o‘rgandi, okean suvida haroratni va sho‘rlikni taqsimlanishi to‘g‘risida materiallar 

to‘pladi.  1932  yilda  O.Yu.Shmidt  rahbarligidagi  ekspeditsiya  muzyorar  kemada 

okeanni  g‘arbdan  sharqda  bir  kema  qatnovi  faslida  suzib  o‘tdi.  Ular  suzish 

davomida chuqurliklarni, muz qalinligini o‘lchadilar, ob-havoni kuzatib bordilar. 

1937  yilda  suzib  yuruvchi  muz  ustida  birinchi  qutb  stansiyasi  "Severniy 

polyus-1  (SP-1)"  tashkil  etildi.  I.D.Papanin  rahbarligidagi  to‘rt  qutbchi  Shimoliy 



qutbdan  Grenlandiya  dengizigacha  bo‘lgan  masofani  suzib  yuruvchi  muz  ustida 

o‘tib, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. Keyinchalik Arktika havzasini tadqiq 

etishda  "SP-2",  "SP-3",  "SP-4",  "SP-5"  va  boshqa  dreyf  stansiyalarning  roli  katta 

bo‘ldi. Bu uslubdan hozirgi kunda Rossiya, Amerika, Kanada qutb tadqiqotchilari 

keng foydalanishmoqda. 

Hozirgi kunda okeanni tadkiq qilishda samolyotlardan va kosmosdan olingan 

rasmlardan  keng  foydalanib,  okean  ustidagi  atmosfera  holatining  o‘zgarishi, 

muzliklarning  harakati,  oqimlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar  olinmoqda  va  xalq 

xo‘jaligaga  yetkazilmoqda.  Uzoq  yillar  davomida  olib  borilgan  tadqiqotlar 

natijasida  Shimoliy  Muz  okeanining  tabiatining  iqlimi,  organik  dunyosi,  oqimlari 

o‘rganildi, okean tagi rel’efi va geologik tuzilishi aniqlandi

 


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish