tabiiy sharoiti ancha yumshoqroq. Qishda Arktika havo massasi, yozda esa
mo‘’tadil havo massasi hukmronlik qiladi. Yilliy radiatsiya balansi 20-30 kkal/sm2
ni tashkil etadi. Yoz oylarida suv yuzasining harorati 5°S gacha ko‘tariladi.
Qirg‘oq yaqinida suvlar muzlardan ozod bo‘ladi. Norvegiya va Barens
dengizlariga Atlantika okeanidan iliq suvlar kirib keladi, planktonning hosil
bo‘lishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, ov qilinadigan baliqlar
ko‘plab to‘planadi. Shu tufayli yozda orollar va arxipelaglarga katta miqdorda
qushlar uchib keladi, qoyalarda va tik yonbag‘irlarda uya qilib yashaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: