Turkum – kanalar – Acarina
O’rgamchakkana. erkagi 0,2-0,3 mm, urg’ochisi 0,4-0,6 mm keladi. Yozda ko’k sariq, erta bahorda qizg’ish rangda bo’ladi. O’rgimchakkana tuxum, lichinka, nimfa va yetuk kana bosqichlarida rivojlanadi. Lichinkasida uch juft oyoq, nimfa va yetuk kanalarda esa 4 juft oyoq bo’ladi. O’rgimchakkananing orqa tomonida 7 ta qator bo’lib, 26 ta tuk joylashgan. Yetuk zoti, lichinka va nimfalari o’simlik shirasini so’rib zarar yetkazadi. Ular ayniqsa bargni orqa tomonida ko’p bo’ladi. Urg’ochi o’rgimchakkana o’simlik qoldiqlari va tuproq yoriqlarida qishlaydi. Qishlovdan o’rgimchakkana o’rtacha harorat +70 S ga ya’ni mart oyida chiqadi. Ob-havo sharoitiga qarab umumiy rivojlanish davri 8-30 kun davom etadi. O’rgimchakkana Markaziy Osiyoda 12-20 ta avlod beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |