Preparat:Urocystis cepulae zamburug’idan preparat tayyorlab, xlamidosporalarni mikroskopda ko’rish.
Ho’l chirish kasalligini – Erwinia carotovora Holl bakteriyasi qo’zg’atadi. Bu juda keng tarqalgan kasallik bo’lib, o’simlikni birinchi yili saqlash davrida va urug’likka qoldirilgan dalaga o’simlikni zararlaydi. Zararlangan piyozboshning poya atrofining oxirida katta ochiq pushti dog’larni kuzatish mumkin.
Dog’lar bilan birga to’qimalar yumshab boradi. Odatda bunday piyozboshning birinchi suvli qatlami sog’lom, keyingi qatlami esa sariq qo’ng’ir tusga kirgan bo’ladi. Kuchli zararlangan piyoz boshi butunlay yumshab, ulardan yoqimsiz hid tarqaladi.
Saqlash davrida zararlangan piyozboshidan sog’lomlariga ham yuqadi va chiriydi. Qasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar o’simlik qoldiqlarida va zararlangan piyozboshlarida saqlanadi.
Preparat: Zararlangan piyozboshidan preparat tayyorlab mikroskopda ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |