2.Oq chirish kasalliklarini – Sclerotinia libertiana zamburug’i qo’zg’atadi. Asosan bu kasallik ildiz mevalarda kuzatiladi. Bularning zararlangan qismlarida zamburug’ tanasi rivojlanib, oq qalin g’uborlar hosil qiladi. Keyinchalik bu g’uborlarda yarim shar shaklidagi qora sklerosiy hosil bo’ladi. Zamburug’lar ajratgan toksinlar ta’sirida o’simlik hujayralarning to’qimalari yumshab, chiriydi, hamda nobud bo’ladi.
Zararlangan ildiz mevalar urug’lik uchun dalaga ekilsa, bunda ular, tuproqda chiriydi, yoki bularda nihollar unib chiqmaydi, unib chiqqan vaqtda ham bunday o’simliklar tez orada nobud bo’lishi kuzatiladi. Zamburug’ urug’larda meseliy holida, ildizmevalarda esa sklerosiylar holida qishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |