2.Soxta un shudring kasalligini- Perenospora Schleidenii Unger (P.destructor Casp) zamburug’i qo’zg’atadi.
Kasallik o’simlikning butun yer ustki qismini zararlaydi, ayniqsa barg va tomirlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Kasallangan barg va tomirlar och-yashil yoki sariq ranglarda bo’lib, ustki qismi kulrang-binafsha rang g’ubor bilan qoplangan bo’ladi.
Ko’pincha zararlangan organlarda bir vaqtning o’zida qora mog’orlarni ham kuzatish mumkin. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’ piyozboshlarida miseliy yoki oospora holida qishlaydi. Omborxonada saqlash davrida esa bular chirish kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |