Kimyoviy moddalarning salbiy ta’siri. 2,4-D butil efiri va 2,4-D ning hosilasi natriy tuzi g’o’za uchun zaharlidir. Preparatning juda oz miqdorini o’simlikka yoki tuproqqa tushishi o’simlikning nobud bo’lishiga yoki bujmayishiga olib keladi. Bargning yuzasi o’yilib buralib ketgan va rangsiz bo’ladi.
Barglarning kumush rang tusga kirish kasalligi. Urug’ barg va chin barglarning orqa tomoni kumush rangga kirib qolish bilan xarakterlanadi. Barg aylanganda unga quyosh nurining to’g’ridan-to’g’ri tushishi tufayli bu kasallik sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |