24-laboratoriya mashg‘uloti mavzusi
SABZAVOT EKINLARINING ZARARKUNANDALARI.
(2-soat)
Kerakli jihozlar: Binokulyar lupa, entomologik nina, hasharotlarning ko‘rgazmali namunalari, rangli rasmli jadvallar.
Tur- karam biti- Brevicoryne brassicae L
Oila- bitlar- Aphididae
Turkum- teng qanotlilar- Homoptera
Voyaga etgan qanotsiz bitning kattaligi 2,0-2,15 mm, rangi kulrang yashil bo‘lib, oqish mumsimon dog‘i bor, shakli tuxumsimon, orqaga tomon biroz kengayib boradi, oyoqlari, xartumi va mo‘ylovlari qo‘ng‘ir tusli. Qanotli bitning kattaligi ham shunday bo‘lib, tanasi biroz ingichkaroq va qornida mumsimon dog‘i bor.Karam bitining lichinkasi voyaga etgan bitdan kichikligi bilan farq qiladi, birinchi yoshdagi lichinkaning kattaligi 0,75 mm keladi. Lichinka va voyaga etgan bitlarning shira naychalari o‘rtasi biroz yo‘g‘onlashgan bo‘ladi.
Tuxumi cho‘ziq, 0,5 mm kattalikda bo‘lib, yangi qo‘yilgan tuxumi yashil yoki sarg‘ish bo‘lib keyinchalik qora rangga kiradi. Karam biti karam va boshqa karamguldoshlarga mansub o‘simliklarni so‘rib zarar etkazadi. Kuchli shikast etkazganda ko‘chatlarni quritib qo‘yadi. Karam biti O‘zbekiston sharoitida 15 marta avlod beradi. Karamgulli o‘simliklar burgachalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |