Hayot kechirishi. Bu hasharot kapalagi dalada aprel oxiri-may boshida paydo bo‘ladi; tuxumini may oyida barg orqasiga bitta-bittadan tarqoq holda qo‘yadi. Kapalak tuxumini ekinlardan boshqa ba’zi begona o‘tlarga ham qo‘yadi; ammo bunda ko‘pincha zig‘ir o‘simligini tanlaydi. Tuxumdan uch-besh kun ichida qurt chiqib o‘simlik bargi, g‘unchasi, guli va mevasini eb yashaydi; bunda ayniqsa zig‘irning g‘unchasi va yosh chanoqlari ko‘p shikastlanadi.
Qurt o‘simlikda o‘rgimchak iplaridan havol pilla yasab, uning ichida g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklik davri olti-sakkiz kunga cho‘ziladi. Bu hasharotning qaysi stadiyada qishlashi hamda bir yilda nechta avlod hosil etishi hozircha aniqlangan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |