Qo’zg’atuvchining belgilari. Kasallikni Podosphaera oxyacanthae f. sp. cydoniae askomiset zamburug’i qo’zg’atadi; anamorfasi Oidium cydoniae. Kleystotesiylar shar shaklli, diametri 60-90 mkm, to’q-qo’ng’ir tusli, ustki qismida 4-14 ta radial yo’nalishlarda yoyilgan o’simtalari bor; ularning ostki qismi to’q-qo’ng’ir, uchiga qarab rangsizlangan, 110-300x4-8 mkm, rangsiz uchi 3-5 marta dixotomik shoxlangan. Xaltachalari 54-80x45-75 mkm, keng ellipsoid shaklli, 8 ta sporali. Askosporalari 16-30x10-15 mkm, ellipsoid shaklli, ba’zan biroz bukilgan va tomonlarining uzunligi har xil. Konidiyalari 22-23x15 mkm, ellipsoid shaklli, rangsiz, 2-3 ta konidiyali zanjirlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |