BEHINING UN-ShUDRING KASALLIGI
Behining un-shudringkasalligi dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarida va O’zbekistonda ham tarqalgan. Kasallik bilan behining barglari va yosh novdalari zararlanadi. Kasallik belgilari va rivojlanishi olma va nokdagi un-shudringnikiga o’xshaydi. O’zbekiston sharoitida kasallikning behi hosiliga yetkazadigan zarari o’rganilmagan. Qo’zg’atuvchi behidan boshqa mevali daraxtlarga o’tmaydi. Kasallikka qarshi maxsus kurash choralari o’tkazilmaydi; olma va nokda un-shudringga qarshi va behida moniliozga qarshi qo’llaniladigan himoya choralari behida un-shudringni ham nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |