Qo’zg’atuvchining belgilari.Erwinia tracheiphila. Bakteriya to’g’ri tayoqcha shaklli, o’lchami 1,0-3,0x0,5-1,0 mkm, yakka-yakka yoki ikkitadan, ba’zan kalta zanjirchalarda joylashgan. Peritrix, harakatchan. Xemoorganotrof. Galaktoza, (b-metilglyukozid, saxaroza va fruktozani, ko’pincha D-mannit, D-mannoza, riboza va D-sorbitni ham achitadi. Karbon manbaasi sifatida asetat, glyukonat, malat, suksinat, formiatni o’zlashtiradi, oksalat va propionatni o’zlashtirmaydi.
Kurash choralari. Burga-qo’ng’izchalarga qarshi insektisid purkash; birinchi zararlangan (so’layotgan) o’simliklarni qazib olib, issiqxona va dalalardan chiqarib, yo’qotish lozim (Peresыpkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989).
Bodringning bakterioz so’lishi dunyoning ko’p mamlakatlarida tarqalgan, O’zbekistonda ham uchrashi ehtimol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |