Poliz ekinlari meloydoginozini Meloidogyne incognitava boshqa gall nematodalari qo’zg’atadi. Kasallik bilan barcha poliz ekinlari zararlanadi; ularning ildizlarida gallar rivojlanadi, o’simlik palaklari kalta bo’lib qoladi, barglar och-yashil tus oladi,
sarg’ayadi. Ildizi kuchli zararlangan o’simliklar tuproqdan suvni yetarlicha ola olmaydi, natijada so’ladi.
Bodring meloydoginozi issiqxonalar va dalalarda O’zbekistonda ham keng tarqalgan (MacNab et al., 1983; Mavlyanov, 1987; Bernhardt et al., 1988).
Poliz ekinlari ifloslangan havo bilan zararlanishining belgilari o’simlik havodagi qaysi modda bilan zararlanganiga bog’liq. Zararlangan ekinlarning hosili va hosil sifati pasayadi.
Ozon bilan zararlanishga tarvuz va o’ris qovoq juda chidamsiz, bodring juda chidamli, oddiy qovoq bilan mushk qovunning chidamliligi o’rtacha darajada. Oldin pastki yarus barglari zararlanadi, ularning ustki tomonida tomirchalari orasida oq dog’lar rivojlanadi va barglarning usti to’r-to’r bo’lib qoladi. Xlorotik to’qimalar so’ngra qo’ng’ir tus oladi. Ozon avtomobil motorlaridan chiqqan ishlatilgan gazlardan quyosh nuri ta’sirida hosil bo’ladi. Barglarga ozon ulardagi nafas olish teshikchalari orqali kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |