Kurash choralari. Pestisidlarni ishlatish bo’yicha tavsiyalarga rioya qilish lozim (Bernhardt et al., 1988).
Poliz ekinlarining changlanishi qoniqarli bo’lmasligi natijasida qovoqning mevalari o’smay qoladi, qo’ng’ir tus oladi, burishib ketadi va uchidan boshlab chiriydi. Changlanmagan gullar rivojlanmaydi va to’kiladi. Bodringning mevalari to’lishmaydi, urug’i yetilmaydi; mevalarning uchida yoki pastki qismida yoxud har ikki tomonida shishlar paydo bo’ladi.
Bodring, tarvuz va qovoq o’simliklari alohida otalik va onalik gullariga ega. Ba’zi bodring navlari faqat onalik gullari hosil qiladi. Bu navlar changlanishi uchun changlatuvchi navlar mavjud bo’lishi lozim. Ba’zi qovoq navlarida birinchi bo’lib onalik gullar rivojlanadi. Otalik gullar hali yetilmagani uchun ular changlanmaydi va to’kiladi. Undan tashqari, ob-havo noqulay bo’lganida otalik gullar kamrivojlanadi, changlanish ham kamayadi. Asalarilar kam yoki nofaol bo’lishi ham changlanish yetarsiz bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |