Lavlagining zang kasalligini Uromyces betaebazidiomiset zang zamburug’i qo’zg’atadi. Zang Markaziy Osiyo mamlakatlarida qayd etilgan, O’zbekistonda ham keng tarqalgan. Xo’raki, qand va xashaki lavlagi zararlanadi. Urug’barg va chin barglarda bahorda sariq, likopcha shaklli yostiqchalar - esiyalar paydo bo’ladi. Ularning ichida rivojlangan esiosporalar shamol bilan boshqa barglarga tarqaladi va zararlaydi. Yozda barglarning ikki tomonida ham qo’ng’ir, dumaloq, diametri 1 mm keladigan urediniya yostiqchalari paydo bo’ladi, ba’zan ulardan bir nechtalari barglarda konsentrik doiralar shaklida joylashadi. Urediniyalarda rivojlangan uredi-niosporalar ham shamol bilan tarqaladi va ekinlarni zararlaydi. yoz davomida urediniya bosqichi bir nechta avlod beradi. Esio- va urediniosporalar barg bandlari, ikkinchi yil ekinlarining poyalari va urug’larini ham zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |