Umumiy fitopotologiya – kasalliklarni keltirib chiquvchi mikroorganizmlarning tuzilishini, oziqlanishini, ko’payishini, tarqalishini, kasallik qo’zg’atuvchilarining biologik xususiyatlarini va ximoya qilish usullarini o’rganadi.
Xususiy fitopotologiya – ma’lum turga mansub qishloq xo’jalik ekinlarida uchraydigan kasallik belgilarining namoyon bo’lishi, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarning sistematik o’rnini, biologiyasini, infeksiya manbalarini aniqlash asosida, ularga qarshi kurash choralarini o’rganadi. Fitopatologiya fanining vazifasi – inson tomonidan yetishtirilayotgan ekinlarning kasalliklarini o’rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish, kasallik tufayli ekinlar xosildorligini kamayishini oldini olish, kasallikning kelib chiqish sabablarining nazariy asoslarini ma’lum ekologik sharoitga bog’liqligini aniqlash va o’simlikning immunologik xususiyatlarini irsiy belgilariga bog’lab o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |