Qo’zg’atuvchining belgilari.Alternaria cucumerina. Sun’iy ozuqa muhitida gifalar rangsizdan zaytun tusligacha, ko’p hujayrali, eni 4-9 mkm, miseliy oq yoki zaytun tusli. Konidioforalar dog’lardagi to’qimalardan bittadan yoki bir nechtadan guruhlarda chiqadi, och-qo’ng’ir, to’q-qo’ng’ir tusli, to’g’ri yoki bukilgan o’lchami 15-72(110)x5-6(10) mkm, 1-6septali, pastki qismi shishgan. Konidiyalar konidioforalarda bittadan (juda kam hollarda 2 ta dan iborat zanjirchada) joylashgan, och-qo’ng’ir, so’ngra to’q-qo’ng’ir, tuxum, teskari-to’qmoq va urchuq-teskari-to’qmoq shaklli, 1-10 eniga va 5-13 bo’yiga to’g’ri yoki qiyshiq joylashgan septali, o’lchami 33,6 - 129,4 x 13 - 33,6 mkm, bo’yinchasi 2-6 septali, o’lchami 20 - 336 x 1 ,3 - 5 mkm.
Do'stlaringiz bilan baham: |