Biologik kurash usuli va uni rivojlanish istiqboli
Biologik usul deganda qishloq xo’jalik ekinlarning zararli organizmlariga qarshi kurashda ularning tabiiy kushandalaridan, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar va ularni hayotiy mahsulotlaridan foydalanishga aytiladi.
Bo’g’im oyoqlarining tabiiy kushandalari oziqlanish harakteri jihatidan entomofaglarga ya’ni xashoratlar bilan oziqlanadigan turlarga yoki akarifaglar ya’ni kanalar bilan oziqlanadigan turlariga mansubdir. Biologik kurash choralar bir nechta usulda olib boriladi. Tabiatda bo’lgan tabiiy entomofaglardan foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;
-tajavuzkor yuqori samarali entomofaglarni chetdan keltirib iqlimga moslashtirish;
-parazit va entomofaglarni laboratoriya sharoitida ko’paytirib zararkunanda tushgan dalalarga qo’yib yuborish;
-zararkunanda hashoratlarda chuqur kasallik jarayonini chaqiruvchi mikroorganizmlardan foydalanish.
Hozirgi paytda bu usul bilan O’zbekistonda bir qancha zararkunandalarga qarshi kurash chorasi olib boriladi. Masalan, tut daraxtiga katta zarar yetkazadigan komstok qurtiga qarshi 1947 yil olib kelingan Psevdofikus malinus paraziti, olma daraxtiga zarar yetkazuvchi qon bitiga qarshi subtropik rayonlardan keltirilgan Afilyunis mali paraziti yaxshi natija beryapti.
Keyingi usul bu entomofaglarni laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ko’paytirib qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashdir. Hozirgi vaqtda respublikamizda 700 dan ortiq biolaboratoriyalar tashkil etilib, ularda g’o’za va boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi kuzgi tunlam va ko’sak qurtiga qarshi parazit xashoratlardan trixogramma va brakon so’ruvchi va kemiruvchi zararkunandalarga qarshi qo’llaniladigan yirtqich hashorat oltinko’z ko’paytirilyapti.Entomoakarifaglarni qo’llash norma va sxemalariga rioya qilish lozim. Har bir entomofag yoki akarifaglarni qo’llashda albatta zararkunanda va foydali hasharotlar o’rtasidagi foydali nisbatlar inobatga olinadi. O’zbekiston sharoitida hozirgi vaktda biologik usulda oddiy oltinkuz, oddiy trixogramma, brakon, beshiktebratar entomofaglari yoppasiga ko’paytirilib qo’llanilmoqda. Tabiatda zararli Hasharotlar miqdorini kamaytirishda qushlar, umurtqali sudralib yuruvchilar, xonqizi qo’ng’izlari, afididlar va boshqa tabiiy kushandalar ham muhim rol o’ynaydi.Foydali hasharotlardan samarali foydalanish ulardan to’g’ri foydalanishga bog’liq.Hozirgi vaqtda mevali daraxtlar va sabzavot ekinlar orasiga gorchisa faseliya, urug’lik sabzi, piyoz, sarimsoq, ukrop o’simliklarini ekish, ekin maydonlariga parazit va yirtqich Hasharotlarni jalb qiladi. Chunki nektar hasharotlar uchun ozuqa :hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |