Sabzining zang kasalligini bazidiomiset Uromycesscipi
zamburug’i qo’zg’atadi. O’zbekistonda qayd etilgan (Ramazanova i dr., 1986), ammo tarqalishi va zarari o’rganilmagan, maxsus himoya choralari qo’llanilmaydi.
Qo’zg’atuvchining belgilari. Uromyces scipi Qo’zg’atuvchi zamburug’ sabzi va ba’zi boshqa soyabongulli ekinlarda esiya bosqichida parazitlik qiladi. Spermogoniylar bargning ikki tomonida, ko’pincha ustki tarafida, to’qima ichida, diametri 70-135 mkm. Esiyalar bargning ostki tomonida va barg bandidagi sarg’ish va jigarrang dog’larda, qalin guruhlarda, qadah shaklli. Esiosporalar keng-ellipsoid shaklli, qobig’i rangsiz, mayda so’galchalar bilan qoplangan, o’lchami 15-24x14-22 mkm. Patogenning uredinio- va teliobosqichlari suvhilol (Scirpus maritimus) da o’tadi (Pidoplichko, 1977a; Vyangelyauskayte i dr., 1989).
Do'stlaringiz bilan baham: |