Karamning oq chirishini Sclerotinia sclerotiorumzamburug’i qo’zg’atadi. Oq chirish omborxonalarda karamning eng keng tarqalgan va eng zararli kasalliklaridan biri hisoblanadi.
Yomg’ir ko’p yog’adigan mintaqalarda karam dalada, barcha boshqa hollarda omborxonalarda zararlanadi. Dalada karam tepasidan boshlab chiriydi, barglar orasida oq, shilimshiq mog’or, uning ustida va ichida qora sklerosiylar rivojlanadi.
Omborxonada karam chirishi kuchayadi va kasallik miseliy vositasida sog’lom boshlarga o’tadi, kasallik o’chog’i paydo bo’ladi. Yuqori HNN da saqlangan, sovuq ta’sirida bo’lgan va/yoki hasharotlar bilan shikastlangan karam boshlari birinchi navbatda zararlanadi.
Urug’lik uchun dalaga ekilgan karam boshlari chirib ketadi.
Zamburug’ning sklerosiylari tuproqda ko’p yillar davomida saqlanadi. Patogen har xil ekinlarni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |