Tangacha qanotlilar yoki kapalaklar (Lepidoptera). Bu turkumga mansub hasharotlarning qanotlari tangachalar va qilchalar bilan qoplangan ikki juft qanotlarining mavjudligi bilan belgilanadi. Oldingi qanotlari aksari keyingilariga qaraganda kattaroq bo’ladi. Kapalaklarning og’iz apparati, gullarning nektarini so’rib olishga moslash-gan. Kapalaklarning lichinkalarini qurtlar (guseniso’) deb ataladi. Qurtlarning yaqqol ko’zga tashlanadigan boshi, uch juft ko’krak oyoqlari va ikki-besh juft qorin soxta oyoqlari bor. Qurtlarning og’iz tuzilishi kemirishga moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |