4.Hasharotlar sistematikasi.
Hasharotlar (Insecta) bo’g’imoyoqli hayvonlar tipiga (Arthropoda) kiruvchi sinflarning birini tashkil qiladi. Qolgan sinflardan asosiylari quyidagilardir: ko’poyoqli-lar (Myriapoda), qisqich baqa-simonlar (Crustacea) va o’rgimchaksimonlar (Arachnida). Hasharotlarni klassifika-siyalashda ularning morfologik va biologik xususiyatlari, chunonchi: hayot kechirish jarayonlari, og’iz apparatining tuzilishi, qanot va oyoqlarining tuzilishi, hamda boshqa belgilari asos qilib olinadi. Hasharotlar ikkita kenja sinfga: oddiy yoki qanotsizlar hamda yuqori tuzilishga ega bo’lgan yoki qanotlilarga bo’linadi. Birinchi kenja sinf birlamchi qanotsiz hasharotlarning hammasini o’z ichiga oladi, ikkinchi kenja sinfda esa garchi qanotsiz shakllari uchrasa hamki, bu ikkinchi marta yuz bergan hodisa hisobla-nadi. Oddiy hasharotlar kenja sinfiga to’rtta turkum; yuqori tuzilishga ega bo’lgan kenja sinfiga esa 27 ta turkum kiradi. Turkumlarning har qaysisi o’z navbatida ko’plab oilalar va avlodlarga bo’linadi. Qishloq xo’jaligi agrobio-senozida amaliy ahamiyat kasb etadigan ba’zi turkumlarni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |