Noverbal muloqot vositalari. Nutqli muloqot auditoriyaga ikki oqim
axborotlari orqali ta’sir qiladi: birinchisi, uzlukli so‘zli oqim, ikkinchisi uzluksiz
noverbal oqim. Noverbal muloqot vositalariga insonlarning imo-ishorasi,
56
tabassumi, yurish-turishi kiradi. Nutq yordamida axborotning, matnning mazmuni
va mohiyati uzatiladi. Noverbal muloqot vositalari aytilgan fikrlarning qo‘shimcha
ichki mazmunini, unga bo‘lgan munosabatni yetkazadi. Noverbal muloqot shakli
imo-ishoradir. Imo-ishoralar – bu aniq mazmunga ega qo‘llar yoki boshqa harakat
a’zolarinig harakatidir.
Gidning imo-ishoralari eshituvchilar diqqatini bayon etilayotgan malumot
mazmuniga qaratadi, asosiysini ajratadi, aytilganlarni isbotlaydi. Imo-ishoralar
nutqni jonlantiradi. Ishora, ayniqsa ibora kuchli ifodaga muhtoj bo‘lganda qo‘l
harakatlari yordam beradi, gid fikrlarining hissiyotli taassurotlarini namoyon etadi.
Ekskursiya jarayonida ishoralarning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, u nafaqat
hikoya bilan, balki ko‘proq ko‘rgazmalilikning tarkibiy qismi sifatida ob’ektlarni
ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Bitta ob’ektni ko‘rsatishda ishoralarni tanlashda turlicha
yondashuvlarni hisobga olish zarur. Gid ishoralar variantini (undovchi,
ko‘rgazmali, hissiyotli, tavsiyali) guruh tarkibi, ekskursiya mavzusi, yil fasli, sutka
vaqtiga bog‘liq holda ishlatadi.
Undovchi ishoralar-ob’ektni ko‘rsatish bilan bog‘liq emas, ular tashkiliy
xarakterga ega. Ular yordamida gid ekskursantlarga avtobusdan tushishni yoki
salonda o‘z o‘rnida o‘tirishni, ob’ekt oldida guruhni joylashtirishni, keyingi
ob’ektga yo‘l olishni ko‘rsatadi.
Hissiyotli ishoralar- gidning hissiyoti, ruhiy holatini namoyon etadi.
Hikoyada ishlatiladigan ishoralar bayon etiladigan malumot muhimligini, gid
fikrining mazmunini yoritishi, yo‘nalishli bo‘lishi kerak. Ishoralarni ishlatishdagi
kamchiliklar sifatida ularni haddan ziyod yoki so‘zlar o‘rnida qo‘llash, ob’ektlarni
ko‘rsatish jarayonida ishoralarning hikoya bilan mos kelmasligi yoki undan uzilish
kabilarni aytish mumkin. Hozirda ekskursiya arayonida ishoralarni ko‘rgazmali va
samarali ishlatish qoidalarining ilmiy ishlanmalari yo‘qligini uslubiy kamchilik
sifatida ta’kidlab o‘tish mumkin.
Gidning hissiy madaniyatini imolar namoyon etadi. Imo- bu inson yuzidagi
mushaklarining harakati bo‘lib, uning ichki ruhiy holati, kechinmalari, kayfiyatini
57
namoyon etadi. Ko‘pgina hollarda imo so‘zdan ham ko‘proq mazmunni anglatishi
mumkin. Imo va ishora bir-biridan ajralmasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |