3. Gidning dastlabki ishlari. Gid o‘zi uchun sayohatning barcha
masalalariga oydinlik kiritadi, ya’ni bundan oldin o‘tkazilgan turlar natijasini tahlil
qiladi, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashtiradi, o‘z takliflarini kiritadi,
muammolarni prognozlab, ularni bartaraf etish mexanizmini ishlab chiqadi. Keyin
turistlar (ekskursantlar) ro‘yxatini o‘rganadi (xohishlari, sog‘lig‘i, yoshi va sh.k),
tarqatma materiallarni taxlaydi (dastur, sxema, tur marshruti) va brifing
o‘tkazadi(sayohatning turli bosqichlari natijalari haqida ma’lumot beradi).
65
Do'stlaringiz bilan baham: |